Prezident Samarqandda bir kişining xatosi sababli 200 ga yaqin fuqaro karantinga olinganini tanqid qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 8 aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşişda joylardagi işlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş, aholi bandligi va daromadini oşirişning muhim manbai bölgan tomorqaçilikni rivojlantirişga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Prezident kun tartibidagi asosiy masalaga ötişdan oldin joylarda koronavirusga qarşi kuraşiş böyiça amalga oşirilayotgan işlarga töxtaldi. Xususan, sönggi kunlarda kasallikka çalinganlarning soni ortganiga e'tibor qaratib, nafaqat joylardagi rahbarlar, balki fuqarolarni ham yanada e'tiborli bölişga çaqirdi.
Yiğilişda pandemiya şaroitida sönggi bir oy içida xorijiy davlatlardan 20ta charter reys orqali 6 ming, temir yöl va çegara postlari orqali 10 ming nafar fuqaro olib kelingani, ularning barçasi 160ta manzilga joylaştirilib, karantinga olingani ta'kidlandi.
Tajribali şifokor professorlardan iborat maxsus ştab tuzilib, har bir bemorni davolaşda 24 soatlik onlayn maslahat beriş yölga qöyilgan. Xitoy va Janubiy Koreyadan virusologlar taklif qilingan, Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Turkiya kabi davlatlar mutaxassislari bilan ham doimiy telemeditsina aloqalari örnatilgan.
«Biz bugun koronavirusga çalingan bemorlarimizning har biri uçun ikki-uç nafardan tajribali mutaxassislarni jalb qildik. Janubiy Koreya, Rossiya, Germaniya va Turkiyadagi malakali şifokorlarning onlayn maslahat va tavsiyalari olinyapti. Umuman, bu boradagi barça harakatlarning ijobiy natijasini köryapmiz, albatta.
Afsuski, şunça ogohlantirişlarga qaramasdan, Çirçiq tumanida qirq yoşli yigit xastalikni yuqtirib olib, uyida davolanmoqçi bölgan. Öşa yigitning soğayib ketişi uçun barça zarur çoralarni körişlarini şaxsan qayta-qayta iltimos qildim. Afsuski, kasallikni ança ötkazib yuborgan ekan, hayotini saqlab qolişning imkoni bölmadi. Oila a'zolariga ham kasallik yuqtirgan. Hozir hammalari nazoratga olindi. Marhumning oila a'zolariga, yaqinlariga hamdardlik bildiraman», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Marhumning oila a'zolariga hamdardlik bildirar ekan, davlat rahbari yana bir bor barçani ogohlikka çaqirdi.
«Kasallik alomatini sezdingizmi, darhol şifokorlarga murojaat qiling. Takror aytaman, kasallik oilamizga kirib kelmasligi, özimiz va yaqinlarimizni uşbu illatdan saqlab qoliş, eng avvalo, özimizga boğliq!», deydi prezident.













