Andijon viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi Kun.uz’ga xabar berişiça, Andijonda koronavirus aniqlangan bemorlarning barçasi bir oila vakillaridir.
«Uç nafar bemor bir oila vakillaridir. Andijon şahrida yaşovçi er-xotin va ularning qizida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ulardan olingan tahlil namunalari koronavirusga ijobiy natija berdi», deyiladi ma'lumotda.
Hozirça bu viloyatdagi koronavirusga çaliniş holati qaysi davlat bilan boğliqligi ma'lum emas.
Sönggi ma'lumotlarga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 83 nafarni taşkil etmoqda. Şu vaqtgaça Toşkent şahri va Toşkent viloyatlaridan taşqari, Namangan va Farğona viloyatlarida ham koronavirusga çalinganlar qayd etilgan.
27 mart kuni Namangan şahrida koronavirusdan ilk ölim holati qayd etildi. 12 mart kuni Turkiyaning Istanbul şahridan kelgan va uy karantiniga olingan ayolning 72 yoşli onasi koronavirus taşxisi qöyilganidan keyin miokarddan vafot etgan. Uşbu oilada yana 3 kişi virusdan zararlangan.













