Oq uy matbuot kotibi Stefani Grishem o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Stefani Grishem 2019 yil iyulda Oq uy matbuot kotibi lavozimini egallagandi. O‘tgan vaqt davomida u biror marta ham jurnalistlar oldida chiqish qilmadi.
CNN telekanalining ma'lumot berishicha, Grishem o‘zining ilgarigi lavozimiga qaytadi: AQShning birinchi xonimi Melaniya Trampning matbuot kotibi bo‘ladi.
Grishemning ketishi Oq uy apparatining yangi rahbari Mark Medouz o‘z jamoasida o‘zgarishlar qilayotgani bilan bog‘liq, deb qayd etadi telekanal.













