Yaponiya hukumati koronavirus pandemiyasi şaroitida aholi va kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş çoralarini öz içiga olgan 108,2 trln iyenga teng (994 mlrd dollar) rağbatlantiriş paketini e'lon qildi.
Paket hajmi Yaponiya YaIMning 20 foizini taşkil etadi, deb yozmoqda Bloomberg.
Mamlakat vazirlar mahkamasi ma'qullagan dasturda daromadi keskin kamaygan fuqarolarga 300 ming iyen (2750 dollar) miqdorida mablağ tölaş közda tutilgan. Bu maqsad uçun 4 trln iyen ajratilgan.
Yana 2,3 trln iyen kiçik biznesni qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi.
Yaponiya hukumati mamlakatdagi kompaniyalar inqiroz davrida öz bizneslarini saqlab qolişi uçun jami 45 trln iyen ajratadi.
Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe 7 aprel kuni mamlakatning yettita prefekturasida 6 mayga qadar favqulodda holat rejimi joriy etilişini rasman tasdiqladi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Yaponiyada 4819 kişi koronavirusga çalingan, 108 kişi vafot etgan, 1211 kişi tuzalgan.














