“Mening katta öğlim koronavirusga çalindi”, deb yozgan Vuçiç Instagram’da. Serbiya prezidenti öğlining şifoxonaga joylaştirilgani va u kasallikni yengişiga işonişini qöşimça qilgan.
Danilo Vuçiçning jurnalist Kseniya Yankoviç bilan birinçi turmuşidan birinçi farzandi hisoblanadi. U 1997 yilda tuğilgan. Vuçiçning yana bir öğil va bir qizi bor.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Serbiyada ayni vaqtda 2666 kişi koronavirusga çalingan, ulardan 65 kişi vafot etgan.
Mart oxirida Serbiya epidemiyaga qarşi kuraşda Rossiyadan yordam söragan. Hozirga kelib Rossiya Belgradga 11 ta samolyotda 87 nafar harbiy tibbiyotçi, himoya vositalari, tibbiy qurilmalar va harbiy texnika jönatgan.













