Bugun, 10 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Özbek tili kunini belgilaş töğrisida»gi qonunni imzoladi.
Qonun 2ta moddadan iborat.
1-moddaga asosan, 21 oktabr Özbek tili bayrami kuni etib belgilandi
2-moddaga köra, qonun rasman e'lon qilingan kun – bugundan boşlab kuçga kiradi.
Qonun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan 2020 yil 23 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 24 mart kuni ma'qullangan.
Eslatib ötamiz, 21 oktabr – «Özbekiston Respublikasining davlat tili töğrisida»gi qonuni qabul qilingan kun. 1989 yilda qabul qilingan qonunga asosan, özbek tili – Özbekiston Respublikasida yagona davlat tili sifatida tan olingan.
Mazkur qonun 1995 yil 21 dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan.












