Köplab mamlakatlarda yangi koronavirus tarqalişini sekinlaştiriş maqsadida ijtimoiy himoyalaniş çoralari tatbiq etilmoqda. Xususan, Turkiyada 65 yoşdan kattalar va 20 yoşdan kiçiklar uylarini tark etişi taqiqlangan bölsa, boşqa yoşdagilarga ham imkoni boriça köproq uyda qoliş tavsiya etildi. 

Şu bilan birga, boşqa bir ijtimoiy muammoni keltirib çiqarmoqda. DW agentligining xabar qilişiça, garçi rasmiy raqamlar mavjud bölmasa-da, Turkiyada uyda qoliş bilan boğliq oilaviy mojarolar soni ortib bormoqda. Erkaklar odatdagidan köproq uyda qolganliklari sababli, ayollar va bolalar ijtimoiy zöravonlikka duç kelmoqda. 

Xabarda ta'kidlanişiça, oilaviy mojarolar koronavirus pandemiyasi tarqalişi bois butun dunyo böylab sezilarli ravişda ösgan. Jumladan, Xitoy, Ispaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada va Avstraliyada bunday holatlar keskin oşganligi aytilmoqda. 

Şu bilan birga, Italiyada oilaviy janjallar haqidagi telefon qönğiroqlari soni 8-15 mart kunlari ötgan yilning şu davriga nisbatan 55 foizga pasayganini Italiya parlament qömitasi hisobotida keltiriladi. Biroq, bu oilaviy janjallar kamayganini anglatmaydi, aksinça, zöravonlar qönğiroq qiluvçiga şikoyat qilişga imkon bermasligi bilan izohlanadi. 

Fransiyada esa, uyda qoliş çoralari joriy etilganidan buyon oilaviy mojarolar soni 30 foizga ortgani qayd etilgan. Şu munosabat bilan hukumat mehmonxonalardan 20 ming örinni band qilişga majbur bölgan. Ispaniya ham şunday yöl tutişga qaror qilgan. Kanada boş vaziri Jastin Tryudo 10 millionlab dollar mablağni ayollar nodavlat nohukumat taşkilotlarini qöllab-quvvatlaş uçun ajratişga qaror qildi. Mart oyida Avstraliya hukumati ham şu muammoni bartaraf etiş qöşimça 100 mln AQŞ dollari miqdorida mablağ ajratgan. 

Bundan taşqari, Yaqin şarq va Şimoliy Afrika mamlakatlarida ham oilaviy ziddiyatlar körsatkiçlari bilan boğliq raqamlar ösayotgani xabar qilinmoqda.