Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan içki işlar vaziri Sulaymon Söyluning iste'foga çiqiş töğrisidagi arizasini qabul qilmadi. Bu haqda Turkiya rahbari ma'muriyatining kommyunikesida ma'lum qilindi.
"Vazirimiz prezidentga iste'foga çiqişni sörab murojaat qildi. Prezident bu sörovni nomuvofiq deb topdi. Vazirning iste'fosi qabul qilinmadi, u öz vazifasini bajarişda davom etadi", deyiladi kommyunikeda.
Avvalroq Söylu mamlakatda 48 soatlik komendantlik soati muvaffaqiyatsizlikka uçraganidan söng Twitter orqali iste'foga çiqişini e'lon qilgan va mamlakat rahbariyati hamda xalqdan keçirim söragandi.
10 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:00 da Turkiya içki işlar vazirligi koronavirus tarqalişiga qarşi kuraşiş doirasida mamlakatda aholining 48 soat davomida uylaridan çiqişi taqiqlanişini e'lon qilgandi. Şundan söng ijtimoiy tarmoqlarda dökonlar oldida töplangan olomon tasvirlangan roliklar paydo böldi – odamlar komendantlik soati joriy etilişi e'lon qilinganidan söng oziq-ovqat mahsulotlari sotib oliş uçun köçaga çiqişga majbur böldi. Bu qaror boş muxolifatçi bölgan Xalq respublika partiyasi tomonidan keskin tanqidga uçradi.
50 yoşli Söylu 2016 yil avgustdan buyon içki işlar vaziri lavozimida faoliyat körsatmoqda. U 2015 yildan 2016 yil avgustgaça mehnat va ijtimoiy ta'minot vaziri bölgan.












