Farğona viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida ham koronavirus infeksiyasiga çalingan 2 nafar bemor butunlay soğaydi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar berdi.
Bemorlar viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi mas'ullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.
Tuzalganlardan biri (ayol) Andijon viloyatidan, ikkinçisi (ayol) esa Toşkent viloyatidan bölib, 25 mart kuni Turkiyadan Farğonaga charter reysi bilan kelişgan va karantinga olingan. Ularda 27 mart kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Uşbu bemorlar şifokorlar tomondan xalqaro standartlar asosida olib borilgan töğri davolaş muolajalar tufayli ayni paytda darddan töliq foriğ bölişdi.
Biroz avvalroq Qaşqadaryo viloyatida ham koronavirus bemorlaridan ikki nafari soğaygani töğrisida xabar berilgandi.
Özbekistonda koronavirus infeksiyasidan jami 70 nafar bemor töliq soğaydi.













