Prezidentning “Samarqand davlat tibbiyot institutida kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Soğliqni saqlaş vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining:
Samarqand davlat tibbiyot instituti negizida Samarqand davlat tibbiyot universitetini taşkil etiş;
Samarqand davlat tibbiyot instituti birinçi va ikkinçi klinikalari negizida Universitet klinikasini taşkil etiş;
Samarqand viloyati salomatlikni tiklaş şifoxonasi negizida Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy tadqiqot institutini taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.
Universitet Samarqand davlat tibbiyot institutining barça huquqlari, majburiyatlari va şartnomalari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi.
Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilanadi:
uzluksiz tibbiy – kasbiy ta'lim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş;
öquv jarayonini amaliy könikmalarni şakllantirişga yönaltiriş, xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilğor pedagogik texnologiyalar, öquv dasturlari va innovatsion öquv – uslubiy materiallarni keng joriy etiş, klinika va öquv bazasi faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uyğunligini ta'minlaş uçun zarur şaroitlar yaratiş;
xorijiy tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor – öqituvçilar va ilmiy izlanuvçilar akademik mobilligi dasturlari hamda qöşma ta'lim dasturlarini rivojlantiriş;
fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy – tadqiqot işlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yeçimiga qaratiş, tibbiy ta'lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy boğliqligini nazarda tutuvçi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqiçma – bosqiç joriy etiş;
ta'lim muassasasi va Universitet klinikalari ilmiy salohiyatini muntazam ravişda oşirib boriş, professor – öqituvçilar va ilmiy izlanuvçilarning nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar çop etişlarini ta'minlaş;












