Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Örinboyeva koronavirusga qarşi kuraş ştabida bölib ötgan navbatdagi brifingda kelib tuşgan savollarga javob qaytardi. Xususan, maxsus komissiya qarorlarining matnlari heç qayerda naşr etilmasligi töğrisidagi savolga javob berildi.

«Maxsus komissiya qarorlari bayonnoma körinişida rasmiylaştiriladi. Bundan oldingi savollarga javoblarda qayd etilgan asoslarga muvofiq, Komissiya barça vakolatlarga ega. 

Yodda tutiş lozimki, Maxsus komissiya yuz berayotgan hodisalarga nisbatan tezkor javob beriş maqsadida taşkil etilgan. Zarur bölganda epidemiologik vaziyat özgarişi natijasida yuzaga kelayotgan kompleks masalalarni yeçiş va ularga javob beriş, jumladan, muammolarni turli xususiyatga ega bölgan maxsus mexanizmlarni işga soliş orqali hal etiş bilan boğliq keçiktirib bölmaydigan qarorlarni qabul qilişga töğri keladi. Şu munosabat bilan Maxsus komissiya tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar töliqsiz körinişda e'lon qilinyapti. 

Şu bilan birga, uşbu qarorlarning aholi va yuridik şaxslarga taalluqli qismlari Maxsus komissiyaning rasmiy bayonoti tarzida e'lon qilinmoqda. Mazkur axborot har kuni aholi bilan muloqot qiliş mumkin bölgan barça aloqa kanallari orqali tarqatilmoqda. 

Markaziy telekanallar orqali töğridan-töğri jonli efirga uzatilayotgan va yirik ijtimoiy tarmoqlar sahifalarida translatsiya qilinayotgan kundalik brifinglar qabul qilinayotgan qarorlarni tuşuntirişga qaratilgan. Har bir qaror ixtisoslaşgan mutaxassislar tomonidan sodda tilda tuşuntirib borilmoqda. Bundan taşqari, Komissiyaning barça qarorlarini tarğib qilişga Maxsus komissiya va barça davlat organlari ulkan sa'y-harakatlari safarbar qilişgan», deydi vazirlik vakili.

Brifingda ommaviy axborot vositalarida kasb vazifasini bajarayotgan şaxslarga nisbatan ayrim fuqarolar tomonidan kuç işlatiş holatlari haqida xabarlar tarqalayotgani, bunday holatda qonunçilikda qanday javobgarlik közda tutilgani haqidagi savolga ham javob berilgan.

Öz xizmat yoki fuqarolik burçini bajarayotgan şaxslarga nisbatan noqonuniy harakatlarni sodir etiş javobgarlikka sabab böladi.

Xususan, bunday şaxslarga nisbatan quyidagi harakatlarni  sodir etiş, ya'ni: 
* qasddan odam öldiriş jinoyatini sodir etiş – 15 yildan 25 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş bilan;
* qasddan badanga oğir şikast yetkaziş – 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan;
* qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş – 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan;