“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Jizzax viloyatida şamol elektr stansiyalarini taşkil etiş haqida petitsiya e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, şamol energiyasi muqobil energetika sohasining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Eng samarali iş uçun maxsus işlab çiqilgan katta turbinali vositalar uylar, ofislar, sanoat binolari va transport tizimi uçun energiya manbaini hosil qiliş imkonini beradi.
Şamol elektr stansiyasidan, köpinça, şamol oqimining örtaça yillik tezligi yuqori (5 m/sek dan katta) bölgan elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi. Şamol elektr stansiyasida 8 kVt dan 1,2 mVt gaça quvvatli elektr energiyasini hosil qiliş mumkin.
“Aynan yuqorida zikr etilgan şamol tezligi bizda Jizzax viloyati Foriş tumanida bundan ança baland. Şu sababli, Foriş tumanida şamol elektr stansiyasining qurilişi yaxşi samara beradi. Bir yilda 300 kun davomida şamol esib turadi. Şamol tezligi 10-15 m/sek atrofida böladi. Bu iqlim muqobil energiya uçun yetarli deb hisoblayman”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Jizzax viloyatida şamol elektr stansiyalarini taşkil etiş taklif qilingan.












