Rasmiy ma'lumotlarga köra, ayni damda mamlakatda virus bilan kasallaniş holatlari soni 14 mingdan oşiqni taşkil qilmoqda. Bemorlarning 400ga yaqini vafot etgan.

Işgl – xavf zonasi

Foto: «Profil» jurnali

Garçi mamlakatdagi ilk holat Tirol viloyatidagi Işgl çanği kurortida aniqlangan bölsa-da, hukumat tomonidan öz vaqtida yetarliça çora körilmagani bois virus minglab odamlarga yuqtirildi.

4 mart kuni Işgl şahrida ta'tilni tamomlab, öz mamlakatlariga qaytib ketgan köplab islandiyalik sayyohlarning Covid-19 virusini Işglda yuqtirib olganliklarini jamoatçilikka ma'lum qilişi ortidan Avstriya ma'murlarining javobgarligi inkor etib bölmaydigan holatga keldi.

Buning ortidan Islandiya mart oyi boşida Işglni xavf zonasi, deb e'lon qildi. Ammo Avstriya rasmiylari uşbu voqeadan 8 kun ötgaçgina hududni karantinga olişga qaror qilişdi. Bir söz bilan aytganda, mamlakat virusga qarşi çora körişda keçikdi.

Vaqt ötişi bilan Germaniyaning uç nafar fuqarosi vafot etişi va orasida Gollandiya, AQŞ, Germaniya fuqarolari bölgan 4,5 mingdan ortiq kişi Avstriya hukumati ustidan şikoyat qilgani vaziyatni yanada jiddiylaştirdi.

Natija yurak hovuçlab kutilmoqda

Sebastyan Kurs

Avstriyadagi sönggi yangiliklardan anglaş mumkinki, hukumat Covid-19’ning Yevropa qit'asiga tarqalişida asosiy rol öynagan Işgldagi mojarodan yetarli darajada dars olmagan. Boş vazir Sebastyan Kurs boşçiligidagi koalitsiya hukumati şunça mojarolarga qaramay, göyo heç narsa bölmaganday Avstriyani mavhumot sari yetaklaşda davom etmoqda. Hukumat 14 apreldan e'tiboran, umumiy hajmi 400 kvadrat metrgaça bölgan dökonlarning oçilişiga ruxsat berdi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) hamda mamlakatdagi köplab ekspert va siyosatçilar tomonidan tanqid qilingan uşbu qarorning natijasi endilikda yurak hovuçlab kutilmoqda.

Hukumat kerakli muhofaza işlarini amalga oşirişda vaqt yöqotgani aniq. Hatto qöşni davlat – Italiyani epidemiya işğol qilganida ham zaruriy çoralar körilmaganini qanday izohlaş mumkin? Virusga çaliniş bilan boğliq ilk holat rasman qayd etilgan bölsa-da, dori-darmon, qölqop, niqob va boşqa vositalar yetişmovçiligi hanuz bartaraf etilmadi.