Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi joriy yil oxiriga qadar IOSCO’ning maslahat oliş, hamkorlik qiliş hamda axborot almaşiş töğrisidagi köp tomonlama memorandumini (MMOU) imzolaşni rejalaştirgan. 

Agentlik xabariga köra, ayni masala 13 aprelda agentlik rahbariyati hamda IOSCO taşkilotining yetakçi maslahatçisi Izabel Pastor rahbarligidagi kotibiyat vakillari bilan bölib ötgan videokonferensiyada muhokama qilindi.  

Konferensiya davomida memorandumni imzolaş uçun Özbekiston tomonidan qonunçilik bazasini tayyorlaş jarayonini tezlaştiriş masalalari körib çiqildi. 

Agentlik tomonidan IOSCO MMOU köp tomonlama memorandumining imzolanişi Özbekiston jahon standartlari va tamoyillariga amal qilayotganligi, birja faoliyati şaffofligi ta'minlanganligini körsatib, bu esa, öz navbatida, çet ellik investorlarni jalb etiş imkonini beradi. 

«Memorandumni imzolaşimiz yirik xalqaro investorlarni bizning qimmatli qoğozlar bozorimizga kirişdan qörqmaslikka çaqirib, uning şaffofligini va noqonuniy operatsiyalar, xatti-harakatlardan himoyalanganligini körsatadi. Şuningdek, bu Özbekistonning qonunçilik va nazorat bazasi xalqaro ekspertizadan ötib, ijobiy baholanganligidan darak beradi», - deb ta'kidladi agentlik direktorining birinçi örinbosari Tursun Mahkamov.

Hozirgi kunda moliya bozoridagi özaro harakatlar töğrisidagi memorandumni (Multilateral Memorandum of Understanding, MMOU) dunyoning 138 ta davlati imzolagan. 

IOSCO MMOU 2002 yilda qimmatli qoğozlarni tartibga soluvçilar - IOSCO a'zolari örtasida axborot almaşiş hamda moliya bozorida noqonuniy xatti-harakatlarning oldini oliş maqsadida işlab çiqilgan.

Qimmatli qoğozlar böyiça xalqaro komissiyalar taşkiloti (International Organization of Securities Commissions, IOSCO) xalqaro moliya taşkiloti bölib, qimmatli qoğozlarni tartibga soluvçi milliy organlarni qamrab oladi. Uning ştab-kvartirasi Ispaniyaning Madrid şahrida joylaşgan.