Tadbirda iştirok etgan Özbekiston Respublikasi Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, navoiyşunos olim Bahodir Qobilov harbiy xizmatçilarga bu ikki uluğ ajdodlarimizning ijodlari haqida, ularning asarlarida ilgari surilgan ğoyalar insonni komillikka yetaklaşi töğrisida zarur tuşunçalar berdi.
Şuningdek, Özbekiston xalq artisti Yodgor Sa'diyev, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Behzod Muhammadkarimov, Özbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Dilnoza Kubayevalar tomonidan öqilgan Navoiy va Bobur ğazallari hamda ruboiylari xizmat xodimlarining şe'riyatga va adabiyotga bölgan qiziqişlarini yanada orttirdi.

Özbek milliy maqom san'ati ustalarining millatimizning faxri, ğururi bölgan uşbu bobolarimiz ğazallari asosida tayyorlagan konsert dasturi tadbir iştirokçilarida katta taassurot qoldirdi.
Bundan taşqari, DXX harbiy xizmatçilari uçun respublikamizning yetakçi naşriyotlari tomonidan kitob yarmarkasi ham taşkil etildi.
Ta'kidlaş lozimki, uşbu buyuk şaxslarimiz asarlarida adolatparvarlik, vatanni seviş, yurt tinçligi va osoyiştaligini asraş borasida ilgari surilgan ğoyalar har bir insonning ma'naviy-axloqiy fazilatlarini takomillaştirişda muhim ahamiyat kasb etadi.










