Qayd etilişiça, ayni vaqtda teatr jamoasi bilan yiğiliş ötkazilmoqda. Unda iştirok etayotgan Özbekiston madaniyat vaziri, Özbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Yodgor Sa'diyevni Özbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimiga tayinlanganini e'lon qildi.
Yodgor Sa'diyev 1946 yil 12 iyunda Toşkent şahrida tavallud topgan. 1971 yilda Ostrovskiy nomidagi Toşkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan. 1968 yildan hozirgi Özbek milliy akademik drama teatrida işlab kelmoqda, 1998 yildan «Qalqon» studiyasining badiiy rahbari.
Yodgor Sa'diyev kinoda «Dilbarim»da Abdusalom, «Ön uç terak köçasi»da Olimjon, «Armon»da Dadaböri, «Yengilmas»da Şayx Ja'far, 20 qismli «Şaytanat»da Asadbek roli bilan şuhrat qozongan. «Şaytanat»ning 7-dan 20-qismigaça Sa'diyev rejissyorlik ham qilgan.
Joriy yilning avgust oyi oxirlarida Özbek Milliy akademik drama teatri direktori, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Fathulla Mas'udov 57 yoşida olamdan ötdi. Kun.uz’ga ma'lum bölişiça, u koronavirusning oğir formasini boşdan keçirgan.











