2019 yil 11 noyabr kuni Quyi Çirçiq tumanining «Surum» mahallasidagi namunali uy portlaşi oqibatida bir oilaning 3 a'zosi vafot etdi va 3 kişi butun umrga majruh bölib qoldi. Kun.uz`ga ma'lum bölişiça, fojia mas'ul idoralarning beparvoligi oqibatida sodir bölgan.

Foto: Tergov departamenti

Tergov natijasida jami olti nafar şaxs jinoyat işiga ayblanuvçi tariqasida jalb etilgan.

Iş tafsilotlariga köra, 2019 yil 11 noyabr kuni soat 08:30larda Quyi Çirçiq tumani «Surum» mahallasida joylaşgan fuqaro R.Karimovga tegişli bölgan 1-sonli namunaviy uydan 47,5 metr masofada yer ostidan ötgan yuqori bosimli gaz quvuri teşilib, undan sizib çiqayotgan tabiiy gaz yer osti böylab R.Karimovning xonadoniga tarqalib, X.Pirnazarova gaz plitasini yoqiş uçun gugurt yoqqanda gaz çaqnaşi oqibatida kuçli portlaş yuz bergan.

Portlaş oqibatida uyning devorlari va tom qismi (beton plitalar) qulab tuşgan.

Foto: Tergov departamenti

Oqibatda xonadon egasi R.Karimov va uning onasi M.Qiliçovalar oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etişgan. Oilaning 10 yoşli farzandi B.Karimov kuyiş tan jarohatlari bilan 49 kundan söng kasalxonada jon bergan.

Bir vaqtning özida turmuş örtoği, qaynonasi va farzandidan ayrilgan X.Pirnazarovaning özi, 4 va 1 yaşar qizlari butun umrga majruh bölib qoldi.

Hodisa yuzasidan 13 noyabr kuni Quyi Çirçiq tuman prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismi «a» bandi (odam ölimiga sabab bölgan qurilish xavfsizligi qoidalarini buziş) va 207-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam ölimiga sabab bölgan mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) bilan jinoyat işi qözğatilgan edi.

Toşkent viloyati prokuraturasi öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan iş böyiça olib borilgan dastlabki tergov harakatlari 6 nafar şaxsni ayblaş töğrisidagi xulosa bilan nihoyasiga yetdi.