18 aprel kuni soat 19:23 da Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga Çilonzor tumani Kiçik halqa yöli köçasida joylaşgan "Ming Çinor" kafesida yonğin kelib çiqqanligi töğrisida xabar kelib tuşdi.
Yonğin joyiga 8ta yonğin-qutqaruv texnikasi tört daqiqa içida yetib bordi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilişiça, yonğin qutqaruv jangovar bölimlari körgan tezkor harakatlar natijasida yonğin soat 20:12 da töliq bartaraf etilgan.

Yonğin kafening taxminan 200 kvadrat metrdan ortiq maydonida sodir bölgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yöqligi ma'lum qilinmoqda.











