«Navoiyazot» AJ boşqaruv raisi Bahodir Şaripov boşqa işga ötganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Kompaniya matbuot xizmati xabar berişiça, endilikda jamiyat raisligi vazifasini bajariş «Özkimyosanoat» AJ boşqaruv raisining birinçi örinbosari Odil Temirovga yuklatilgan.
«Özkimyosanoat» AJ matbuot xizmati xabar berişiça, 18 aprel kuni «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida «Özkimyosanoat» AJ boşqaruv raisi Jörabek Mirzamahmudov rahbarligida yiğiliş bölib ötdi. Unda 16 aprel kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan, kimyo, agrotexnika va avtomobil sanoati korxonalarida işlab çiqariş sur'atlarini ta'minlaş hamda yangi loyihalarni amalga oşiriş masalalari böyiça videoselektor yiğilişida ta'kidlangan masalalar yuzasidan «Özkimyosanoat» AJ va taşkilot tizmidagi korxonalar tomonidan amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar ijrosi muhokama qilingan.

«Navoiyazot» AJ boşqaruv raisi Bahodir Şaripov boşqa işga ötgani sababli jamiyat raisligi vazifasini bajariş «Özkimyosanoat» AJ boşqaruv raisining birinçi örinbosari Odil Şukuroviç Temirovga yuklatilgan. Odil Temirov bir vaqtning özida «Özkimyosanoat»dagi lavozimini ham saqlab qoladi.
«Jörabek Mirzamahmudov yaqin bir oyda «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatidagi polivinilxlorid korxonasi quvvatini 90 foizga yetkaziş, azot kislotasi işlab çiqariş loyihasini foydalanişga topşiriş vazifasini amalga oşiriş yuzasidan aniq çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş hamda amaliyotga tatbiq etiş lozimligi haqida bildirdi.
Şuningdek, hozirgi epidemiologik vaziyat bois tozalaş va dezinfeksiya vositalariga talab oşganligi, xususan, qöşni davlatlardan 2 ming tonna gipoxloritga buyurtma kelib tuşganligi hamda toğ-kon metallurgiya sanoati uçun muhim bölgan sianid tuzlariga ham ehtiyoj ortayotganligi bois imkoniyatlarni töliq safarbar etiş orqali işlab çiqariş hajmini oşiriş, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilişga qaratilgan yangi loyihalar tayyorlaş yuzasidan berilgan körsatmalar ijrosiga e'tibor qaratiş lozimligi ham ta'kidlab ötildi», deyiladi «Özkimyosanoat» AJ matbuot xizmati xabarida.
«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida ayni kunda qariyb 9 ming işçi-muhandis mehnat qiladi va ularning 2,5 ming nafarini yoşlar taşkil qiladi. 1964 yilda işga tuşgan gigant korxonada 70 turdan ortiq mahsulot işlab çiqariladi.












