Bu haqda Afğoniston soğliqni saqlaş vaziri Feruziddin Feruz xabar qilgan.

Ma'lum qilinişiça, 18 aprelda Kobuldagi Dor ul-Omon saroyida koronavirusga çalinganlar uçun markaz oçilişi rasmiy marosimi bölib ötgan. Tadbirda vazir markazda bemorlar uçun 200 ta joy borligini ma'lum qilgan.   

Feruziddin Feruz saroyda kasallik yengil ötayotgan bemorlar joylaştirilişini qöşimça qilgan.

Kobuldagi Dor ul-Omon saroyi 1920-yillarda Germaniya va Fransiyadan taklif qilingan arxitektorlar tomonidan barpo etilgan. Saroyda uning bir asrlik tarixi davomida öz vaqtida Kobul meriyasi, jamoatçilik işlari vazirligi, mudofaa vazirligi va milliy muzey joylaşgan. 2005 yildan boşlab saroy Afğoniston hukumati muhofazasi ostiga olingan.