Davlat rahbari sanoat, quriliş va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining töliq işlaşini ta'minlaş masalalari böyiça videoselektor yiğilişida Respublika komissiyasiga koronavirus umuman aniqlanmagan yoki epidemiologik vaziyat yaxşilangan viloyat, tuman va şaharlarda karantin çeklovlarini bosqiçma-bosqiç yumşatiş çoralarini köriş böyiça topşiriq berdi. Faoliyati tiklanadigan obektlarda işlar sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda taşkil etiladi.

«Aholi bandligi va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlaş borasida katta imkoniyatlarga ega «drayver»lardan biri quriliş sohasi hisoblanadi. Xususan, bu tarmoq 1 million 325 ming nafar aholini iş bilan ta'minlaydi, boşqa sanoat yönalişlari uçun ham talab yaratadi. Şu bois, karantin davrida quriliş hajmi kamayişiga yöl qöymaslik maqsadida bu sohaga qöşimça 3,6 trillion söm mablağ ajratildi.

Joriy yilning birinçi çoragida quriliş işlari hajmi 6,5 foizga ösgan bölsa-da, ötgan yilning şu davridan 4 foizli bandga orqada qolmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yiğilişda qayd etilganidek, karantin qoidalariga töliq rioya qilgan holda, barça qurilişlarni davom ettirişga ruxsat beriladi. Içki işlar vazirligiga soha korxonalari va quriliş materiallari işlab çiqaruvçilarning harakatlanişiga şaroit yaratiş vazifasi qöyildi.

Joriy yilda 30 ming xonadonli köp qavatli uylar foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan. Lekin 25 ta şaharda buning uçun yer maydonlari haligaça ajratilmagan. Ipoteka krediti oliş böyiça arizalarni körib çiqişda ham sustkaşlikka yöl qöyilgan.

Yiğilişda bu kamçiliklarni tez kunlarda bartaraf etiş, köp qavatli uylar uçun yerni aholi talablari yuqori bölgan hududlardan ajratiş zarurligi ta'kidlandi.

Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan xususiy pudrat taşkilotlariga kreditlarning foiz xarajatlarini qisman qoplaş va kredit summasining 50 foizigaça kafolat beriş mexanizmi joriy etilişi belgilandi.

Yangi tartib asosida berilayotgan ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilga uzaytiriş, şuningdek, ipoteka kreditining eng yuqori çegarasini bozor talablari asosida köpaytiriş kerakligi qayd etildi.

Quriliş sifatini oşiriş, soha korxonalari faoliyatini baholaş reytingi va elektron tender tizimini işga tuşirişni jadallaştiriş böyiça topşiriqlar berildi.