«Özbekistonda internet reklama bozori 2019 yilda 4 million dollarga teng. Boşqa davlatlar bilan soliştiramiz. Uzoqqa bormaylik, Qozoğistonni olsak, internet reklama bozori 2019 yilda 100 million dollarga teng bölgan. Rossiyada esa 3 milliard dollar. Bu degani kişi boşiga internet reklama bozori 20 dollar degani. Rossiyada 150 million kişi yaşaydi desak, 3 milliard kişi boşiga 20 dollar. Özbekistonda 35 million deb olsak, kişi boşiga internet reklama bozori 10 sent degani. Bu juda kam.
Qozoğistondagi nur.kz yangiliklar portaliga taşriflar soni 1 oyda 25 milliontagaça bölgan. Şu internet portalning bir yillik tuşumi, reklamadan topgan puli 10 million dollar. Bitta internet sayt.
Bu biz uçun nima degani? Bu salohiyat juda katta degani. Bugungi kunda kimdir pandemiya boşlandi, onlayn ketdi deyiş notöğri. Obektiv omillar bizni bu narsadan töxtatadi. Bu raqamlar bizda ösiş uçun salohiyat katta ekanini körsatadi. Internet bozorining kişi boşiga 10 sentdan 1 dollarga ösişi ham 10 baravar ösişini bildiradi. Men 20 dollar deyayotganim yöq. Qozoğistonda 19 million aholi yaşasa, u yerda 100 million, [internet bozori kişi boşiga] 5 dollarga teng degani.
5 dollar va 10 sent, qarang qança katta farq. Biz ham şu raqamlarga ösamiz. Çunki bizning odamlarimiz juda tadbirkor, aqlli, köp narsaga qiziqadi, köp işlaşni xohlaydi. Biz ham raqamlarga boramiz. Mening fikrimça, [buning uçun] 3, 4, 5 yil kerak. Lekin yetib borgunimizça oflayn biznesning roli juda katta», dedi Anvar Irçayev.
Körsatuv davomida MFactor loyihasi asosçilari Anvar Irçayevga savol bilan murojaat qildi.
- Bugun Kun.uz sayti reklama bölimi kanalida narxlar arzonlaştirilgani haqida xabar keldi. Hozirgi inqiroz vaqtida reklama narxlari tuşgan paytda kim reklamaga pul tikişi joiz va kim reklamaga pul tikişi nojoiz? Şu haqida ham öz fikrlaringizni bildirib öting.
- Men öz tajribamdan kelib çiqib gapiraman. Biz ikkita reklama kompaniyasiga investitsiya qilganmiz. Bittasi Orange Media, 2007 yilda biz uni noldan oçganmiz. Bilbordlar bilan şuğullanadi, hozirgi kunga kelib 400-500ta bilbordga ega bölgan kompaniya. 2010 yilda internet reklamalari bilan şuğullanadigan ikkinçi kompaniyaga investitsiya qilganmiz.
Nima uçun investitsiya qilayotganimizda şu sohalarni tanlaganmiz?
Çunki reklama bu – kontrsiklik (qarama-qarşi) sanoat. Qarama-qarşi degani taşkilotlari yaxşi işlayotganda bozorni egallaş uçun hamma reklamaga pul ajratadi. Özining bozor uluşini egallaş uçun pul ayamaydi. Lekin bozor qisqarayotgan paytda ham öz bozorini saqlab qoliş uçun yana pul tikadi. Çunki savdosini baribir yurgiziş kerak. Odamlar «işim yursin, mijozlarga yetib boray, mahsulotim töğrisidagi ma'lumotni yetkazay» deb reklamaga yöl topib, investitsiya qiladi. Şunga men öylaymanki, imkoniyat bölsa, reklama kompaniyalar bilan işlaş kerak. Çunki hammamiz tuşunyapmiz, Xudo xohlasa, bu [pandemiya] tugaganidan keyin bozorlar oçilib, baribir işlaydi. U paytda hamma reklama bozoriga tiqilganida yana narxlar oşib ketadi. Hamma xohlagan paytda yana joy topib bölmaydi. Lekin hozir bozor oçiq paytida çegirmalar juda katta. Imkoniyatga qarab, lekin tölovlarni çeklab, heç kim hozir tölagin deb aytmaydi, oyma-oymi, bölib-bölibmi muddatidan oldin reklamalarni olsa, ertaga iqtisodiyot yurganida bu juda foydali böladi.












