— Menimça, bu işsizlik köpayişiga umuman aloqador emas. Aksinça onlayn rivojlansa, bizda qöşimça iş joylari yaratiladi degan fikrdaman. Sababi – Özbekiston YaIMning uçdan bir qismi servisdan taşkil topgan. Agar şu servislarning bir qismini onlaynga ötkazib, undan taşqari, bu servislarni çet davlatlarga yetkazişni boşlasak, onlayn rivojlanib, unga köplab yoşlar jalb etilsa, menimça minglab yangi iş örinlarini yaratiş imkoniyatimiz bor.

Men bu narsani heç qanaqasiga işsizlikka salbiy ta'siri böladi deb öylamayman. Aynan bizga yangi iş joylarini yaratiş imkoniyatini yaratadi, deb hisoblayman.

— Davlat taşkilotlari onlaynga ötadimi, buning uçun ular tayyormi? Nimalarga e'tibor kerak?

— Men öylayman, pandemiya oqibatida köp davlat organlari bir neça turdagi onlayn muloqot vositalarini testdan ötkazib, undan foydalanişni yölga qöyişdi. Mana körib turibmiz, köp vazirliklarda yiğilişlar onlayn ötkazilyapti va h.k. Lekin faqat içki jarayonlarni emas, taşqaridagi muloqotlarni ham tezroq onlaynga ötkaziş kerak, menimça. Davlat tomonidan beriladigan xizmat turlarining barçasini onlaynga ötkaziş kerak.

— Banklar ham onlaynga ötadimi?

— Afsuski, Özbekistonda bank tizimining katta qismi hanuz davlatniki. Demak, ular ham davlatning bir qismi. Moliyaviy tizimimizning bir qismi bölgan holda tezroq onlaynni tatbiq qilişsa, samaradorligi oşib, xalqqa qilayotgan xizmatlari osonlaşadi. Bu tannarx kamayişiga va mijozlarning ular tomonidan körsatilayotgan xizmatlardan köproq qoniqişiga olib kelişiga işonçim komil.

Mutaxassis onlaynda xodimlar işini nazorat qilişning tayyor yeçimlari haqida gapirgan.

— Bizneslarimizning köpi IT sohasida bölgani uçun IT sohasida dasturçilarning qilayotgan işlarini samaradorlik darajasini nazorat qiladigan bir neça platformalar bor. Uni IT mutaxassislari juda yaxşi bilişadi. Ularning hammasining nomini aytib ötirmayman. Loyiha menejyerlarimiz bor. Biz ularga vazifa qöyamiz. Keyin ular vazifani olib, uni mayda vazifalarga bölib çiqişadi. Bölinganidan keyin har bir bolaning har kunlik neça soat va qança miqdor işni amalga oşirişi tizimga darhol tuşadi. U yozayotgan kodi ham tizimga uzviy boğliq bölib, biz har kuni bola qança kod yozdi, qança işni amalga oşirgani va unga berilgan vazifaning qaysi foizini amalga oşirdi degan statistikani körib borişimiz mumkin.

Menimça, boşqa bizneslarda ham buni amalga oşiriş imkoniyatlari mavjud. Özbekistonda bugungi kunda işlayotgan kpi.com bor. Döstimiz Muzaffar aka Karabayev tomonidan taşkil topgan kompaniya. Menimça, ularda bir neça yeçimlar bor. Ularga murojaat qilsa böladi. Trellöni aytdingiz, bilasizmi unda avtomatlaştiriş darajasi insonga boğliq. Lekin boşlanğiç bosqiçda undan ham foydalansa böladi. Ular orqali vazifalarni böliş va samaradorlikni belgilab borişning qay darajada amalga oşirilayotganini nazorat qiliş imkoniyatlari bor.