LeBazar kompaniyasi asosçisi MFactor loyihasi doirasidagi çiqişida onlayn biznes rivojlanişiga tösiq bölayotgan muammolar haqidagi savolga javob berdi.
— Özbekistonda onlayn biznes rivojlanişi yölidagi 3ta eng asosiy muammolar nimalardan iborat? Sizning nazaringizdagi yeçimlarni sanab ötsangiz.
— Asosiy muammolardan bittasi – internet barça viloyatlarda butun respublikamiz böyiça yetarli darajada bölişi va uning tannarxi juda arzon bölişi kerak. Har bir inson undan xuddi qimmatbaho narsadan foydalangandek emas, har kunlik, oddiy narsadan foydalangandek darajada bölişi kerak. Bu birinçi şart.
Ikkinçi şarti - Özbekistonda logistika juda yomon rivojlangan. Özbekiston boşqa davlatlarga nisbatan qaraydigan bölsak, maydoni böyiça katta bölmagan davlatmiz. Juda samarali işlaydigan logistik tizimlarni qursak böladi. Lekin şunga qaramay, misol uçun Toşkentdan vodiyga u-bu narsa yuboraman desangiz, olib boradigan odamga yetkazib berişingiz, tovar yetib borişi, aynan öşa odamga yetib borguniça bir yarim ikki kungaça ham ketib qolişi mumkin. Bunga mukammal ravişda işlaydigan logistik tizimlar kerak. Bu davlatning qiladigan işi emas, bu aynan xususiy sektor tomonidan amalga oşiriladigan iş. Buni qiliş imkoniyatlari bor. Bu qilişini şart bölgan işlardan bittasi.
Uçinçisi – bojxona qonunçiligiga borib taqaladi. Bugungi kunga qadar bölib kelgan holat böyiça aytaman. Köp tovarlarimizga bojxona stavkalari biroz baland. Ular biroz baland bölgani sababli qaysidir bir, men uçun tuşunarsiz bölgan yöllar orqali, yana boşqa yöllardan tovarlar kirib keladi. «Kulrang bozor» şakllanib qolgan. Şu sababli texnikani sotayotganda doimiy ikkita narx bor: rasmiy narx bor va bozor narxi bor. Hanuz şunaqa.
Rasmiy va bozor narxi birlaşişi uçun menimça, bojxona stavkalari qayta körib çiqilişi kerak. Çunki ularni kuç bilan boşqargan, çeklovlar bilan uşlab turgan holda narxlar birlaşişini ta'minlab beriş juda qiyin deb hisoblayman. Bu yana bir tösiqlardan bittasi. Sabab – oçiqdan-oçiq «oppoq» qilib sotişi mumkin bölgan yetkazib beruvçilarning soni keskin köpayişi kerak va hamma sotilayotgan tovarlar dökonda ham, bozorda ham, qölda ham - hamma yerda tovarning narxi bir xil bölsa, şunda onlayn bir xil rivojlanadi. Misol uçun, Dubayda dökon yoki katta supermarketga borasiz yoki onlayn qaraydigan bölsangiz, dökonlardagi narx deyarli bir xil. Onlaynda sotiladigan narsa 10-15 foiz arzonroq. Nima sababdan? Çunki onlayn sotilayotgan narsada dökonda sotilayotgan narsalarning ustida turadigan 20 foiz bu - ijarada narxi, u yerdagi işçilarning narxi. Öşa narsalarni ayirib taşlagan holda onlayn tezroq rivojlanadi. Bizda ham şu körinişga kelsa, onlayn biznes keskin ravişda tez rivojlaniş imkoniyati böladi deb öylayman.












