Boş vazir örinbosari, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimovning ma'lum qilişiça, mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elçixonasida taniqli aktrisa Li Yong E hamda «Group Eight» kompaniyasi raisi Byong Jun Song bilan uçraşuv bölib ötgan.

Unda aktrisa koronavirus pandemiyasi tufayli aprel oyida Özbekistonga kela olmasligini afsus bilan qayd etib, vaziyat yaxşilanganidan söng, prodyuser Byong Jun Song bilan albatta mamlakatimizga taşrif buyurişini ma'lum qilgan. 

Li Yong E Özbekiston xalqiga özi boş rolni ijro etgan «Saimdan, rang-barang xotiralar» nomli 3 million dollarlik teleserialni beminnat hadya qilgan. Hozirda Milliy teleradiokompaniya filmni tarjima va dublyaj qilişga doir işlarni olib bormoqda. Bu jarayonlar yakuniga yetganidan söng, serial tomoşabinlar e'tiboriga havola etiladi.

Ma'lumot uçun: «Saimdan, rang-barang xotiralar» Janubiy Koreyaning 30 seriyali dramasi bölib, koreyalik maşhur musavvir, xattot va şoir ayol Şin Saimdan (1504-1551) hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Janubiy Koreyaning 50 ming von qiymatli eng yirik banknotasida uning tasviri aks ettirilgan. Bu serial 2017 yilda Janubiy Koreyaning «SBS» telekanalida efirga uzatilgan.