Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko ma'lum qildi.  

JSST missiyasi Belarusda 8-11 aprelda koronavirus bilan boğliq vaziyatni baholaş uçun işlagan. Mutaxassislarni taklif qilişga Lukaşenkoning özi qaror qilgan. Missiya respublikaga koronavirus pandemiyasi şaroitida ijtimoiy masofalaşuv böyiça çoralarni kuçaytirişni, sport va boşqa ommaviy tadbirlarni bekor qilişni va maktablar hamda oliy ta'lim muassasalarini onlayn-ta'limga ötkazişni tavsiya qilgan.

“Ular [JSST mutaxassislari] bizni xuş körmaydilar. Bu har doim yetarliça siyosatga ega bölgan xalqaro taşkilotdir. Ular hamma yerni közdan keçirdilar. Ular karantin va hattoki, komendantlik soati kiritişgaça bölgan köp narsalarni maslahat berişdi. Mutaxassislar sifatida ular “hukumat aldamayapti” deb aytmoqdalar”, deb ta'kidlab ötgan Lukaşenko oblastlardan biriga taşrifi vaqtida.

Ayni vaqtda Belarusda epidemiyaga qarşi tadbirlar ötkazilmoqda, biroq hukumat karantin joriy qilinmagan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, respublikada koronavirusga çalinganlar soni 6264 nafarni, undan vafot etganlar soni 51 nafarni taşkil qilmoqda.