Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov xayriya tadbirlarida qatnaşayotgan tadbirkorlar qatlamlari haqida söz yuritdi.
«Karantin vaziyatida biznes vakillarining ijtimoiy mas'uliyati körinyapti. Dastlab, tadbirkorlar öz mahallasidagi 100dan ortiq oilalarni özi ta'minlab turişini aytgan tadbirkorlar taşabbus körsatdi. Bular – birinçi turdagi tadbirkorlar.
Ikkinçi qatlamdagi tadbirkorlar esa soliq, bank va moliya imtiyozlari asosida xayriya kömaklarini körsatayotgan tadbirkorlardir. Davlat tomonidan ham davlat binolarida ijarada ötiradigan 4 mingga yaqin tadbirkorlarning ijara pullari bekor qilindi.
Tadbirkorlarning uçinçi qatlami karantin davrida ham öz xodimlarini iş va maoş bilan ta'minlab kelayotganlardir. Ular qöşimça xayriya qilişga imkon topmayotgan bölsada, xodimlarini iş bilan ta'minlab kelayotganining özi ham katta yordam hisoblanadi.
Törtinçi qatlamdagi tadbirkorlar esa yakka tartibda faoliyat yuritadigan kam sonli işçilarga ega tadbirkorlar toifasidir. Ayni paytda ularning öziga ham yordam zarur bölmoqda», dedi Adham Ikromov xalqaro press klubda.
Savdo-sanoat palatasi raisining sözlariga köra, heç qaysi tadbirkor yordam körsatişga majburlanayotgani yöq, aksinça, yordam körsatiş taşabbusi bilan çiqayotganlar köpçilikni taşkil etadi.
«Tadbirkor va yordamga ehtiyojmand odamlar örtasida hokimiyat, bank, soliq, moliya taşkilotlari turib bersa, tadbirkorlarning özi mahallalaridagi yordamga muhtoj odamlarni aniqlab oladi va ularga kömak körsatadi», deya qöşimça qildi u.
Eslatib ötamiz, 20 aprel kuni ötkazilgan videoselektorda davlat rahbari tomonidan «Saxovat va kömak» umumxalq harakatini yölga qöyiş taşabbusi ilgari surilib, uning doirasida tadbirkorlar imkoniyatidan kelib çiqib öz hududlaridagi yordamga muhtoj aholiga yordam körsatişi maqsadga muvofiqligini ta'kidlagan edi. Davlat tomonidan esa bunday tadbirkorlarga soliq, lizing, kredit tölovlari, zarur resurslar bilan ta'minlaş böyiça turli imtiyoz va preferensiyalar berilişi ham













