Masjid Al-Harom va Masjid An-Nabaviy işlari böyiça boş kotib, şayx Abdurahmon bin Abdulaziz As-Sudays bayonotiga köra, ikki masjidda ham tarovih namozlari öqiladi. Ammo unda faqat hukumat vakillari va xodimlar iştirok etadi. Namoz faqat 10 rakaatdan iborat böladi.
Şuningdek, koronavirus pandemiyasi şaroitida Ramazon oyini ötkazib oliş böyiça qöşimça tadbirlar ham e'lon qilindi.
Hozirgi vaqtda, Masjid Al-Harom va Masjid An-Nabaviyga musulmonlarning kirişi taqiqlab qöyilgan. Şuningdek, har bir xodim va janoza marosimiga kelayotganlarning harorati muntazam ravişda ölçanib, dezinfeksiya qilinmoqda.
Ramazon oyida Masjid Al-Harom va Masjid An-Nabaviyda an'anaviy tarzda ötkaziladigan iftorliklar bölmaydi. Uning örniga Makka va Madina şaharlari ma'muriyati iftorlik uçun möljallangan oziq-ovqatlarini muhtojlarga tarqatadi.
Xavfsizlik çoralari doirasida har ikkala muqaddas masjidda E'tikof amali qilinmaydi.
Har ikkala masjidga faqat juda muhim xodimlarning kirişiga ruxsat beriladi. Uni tozalaş va ta'mirlaş işlari xavfsizlik çoralarini körgan holda amalga oşiriladi.
Saudiya Arabistoni muftiysi aholiga tarovih va Iyd al-Fitr (hayit) namozlarini faqat uyda öqiş haqida körsatma berdi. Avvalroq, koronavirus pandemiyasi tufayli masjidlardagi barça jamoat namozlari töxtatilgan edi.
Şuningdek, Ramazon oyi tufayli, hukumat komendantlik soati böyiça yengillik berdi. Faqat zarur hollarda uydan çiqiş mumkin bölgan vaqt soat 9:00 dan 17:00 gaça qilib belgilandi (oldin 9:00 – 15:00 edi).
Saudiya Arabistoni soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra, mamlakatda koronavirus yuqtirib olganlar soni 11631ni, vafot etganlar soni 109ni, soğayib ketganlar soni 1640ni taşkil qiladi.













