Kambodja boş vaziri Xun Sen mamlakatda 12 kundan buyon koronavirusga çaliniş holatlari qayd etilmagani xotirjamlikka asos bölmasligini, aholi epidemiyaga qarşi kuraş böyiça tavsiyalarga rioya qilişi kerakligini bildirdi.

"Koronavirusning xavfliligini jiddiy baholaşga çaqiraman. Bu borada mamlakatda har doim hammasi yaxşi böladi deb öylamang", - deb yozdi u Facebook sahifasida.

U mamlakat poytaxti Pnompen köçalarida yana avtomobillar tirbandligi paydo bölganini qayd etdi.

Xun Sen niqob taqiş va dezinfeksiya vositalaridan foydalaniş kasallik yuqtirişdan eng zarur himoya ekanligini eslatib ötdi. 

"Zarurat bölmasa köçaga çiqmang. Zarur hollarda uydan faqat bir kişi çiqsin. Özingizni va boşqalarni xavf ostiga qöymang!", - deb yozdi u.

Kambodjada epidemiya boşlanganidan beri 122 kişi koronavirusga çalingan bölib, kasallik yuqtiriş bilan boğliq oxirgi holat 12 aprelda qayd etilgan. Kasallikka çalinganlarning 110 nafari töliq soğaygan, ölim holatlari yuz bermagan.