Ayni vaqtda qator davlatlar hukumatlari Covid-19’dan soğayganlarga işga qaytiş va jamoat transportidan foydalanişga ruxsat beriş imkoniyatlarini körib çiqmoqda.
Ammo JSST bunday qaror tuzalib çiqqan odamlar xavfsizlik çoralarini qöllaşni töxtatişi tufayli kasallaniş darajasini oşirişi mumkinligidan xavfsiramoqda.
Ayni vaqtga kelib dunyo böylab virusdan zararlaniş holatlari soni 3 millionga yaqinlaşdi, qurbonlar soni 200 mingdan oşgan. Qat'iy karantin çoralari jahon iqtisodiyotiga bemisl darajada zarar keltirdi.
JSST aynan nima dedi?
«Ayni vaqtda koronavirusga çalinib, keyin tuzalgan va antitana hosil qilganlar virusni qayta yuqtirişdan himoyalanganiga heç qanday dalil yöq», - deyilgan JSST bayonotida.

Bu mavzu böyiça köplab tadqiqotlar şuni körsatdiki, kasallikdan tuzalganlarning qonida antitanalar şakllanadi, ammo ba'zilarda bunday antitanalar darajasi juda past bölişi mumkin.
Farazlarga köra, Covid-19 bilan kasallangan bemor tuzalişi uçun uning tanasidagi ikkinçi himoya mexanizmi, hujayra immunitetini tartibga soluvçi va mutatsiyaga uçragan yoki begona hujayralarni yöq qiluvçi T-hujayralari yoki T-limfotsitlari öta muhim.
24 aprel holatiga köra, birorta tadqiqot inson qonida SARS-CoV-2 koronavirusiga qarşi antitanalar hosil bölişi takroriy kasallanişdan himoyalovçi immunitet mavjudligini tasdiqlovçi xulosalar bermagan.
JSST tomonidan ta'kidlanişiça, ayni vaqtda antitanalarni aniqlaş uçun ötkazilayotgan laboratoriya teşkiruvlari aniqligiga işonç hosil qiliş kerak. Bundan taşqari, bunday testlar hozirgi pandemiyani keltirib çiqargan SARS-CoV-2 virusi va avvalgi koronaviruslardan farqlaş kerak.
Qanday davlatlar immun pasportlari berişi mumkin?

Ötgan haftada Çili hukumati koronavirusdan tuzalganlar uçun «soğliq holati pasporti» berilişi haqida ma'lum qilgandi. Unga köra, şifoxonadan javob berilganlarning qonida antitana hosil bölgan bölsa, ularga işga qaytişga ruxsat beriladi.














