Ijtimoiy tarmoqlarda "işlab çiqarişda iştirok etayotgan avtoulovlarga stikerlar beriş huquqini olgan DSQ bölinmalari xodimlari tadbirkorlarga soliqlarni yarim yil oldin tölaş talab qilayotganligi töğrisida" xabarlar tarqaldi.
“Avtotransport vositalarini boşqariş uçun ruxsatnomalar berişda soliq tölovçilar oldiga soliqlarni oldindan tölaş kabi qöşimça şartlar qöyilmaydi”, - deyiladi Davlat soliq qömitasining uşbu xabarlar yuzasidan rasmiy munosabatida.
Arizalar Davlat soliq qömitasiga kelib tuşgan kundan e'tiboran bir iş kuni içida körib çiqiladi. Yirik soliq tölovçi korxonalar xodimlariga transport vositalarini boşqarişga ruxsatnomalar manzil yönalişi aniq körsatilgan taqdirda beriladi. Uşbu xizmat bepul.
Agar arizani körib çiqiş natijasi ijobiy bölsa, ruxsatnoma soliq tölovçining şaxsiy kabinetiga yuboriladi va lozim hollarda YHXB tomonidan haqiqiyligini aniqlaş uçun DSQ bazasida saqlanadi. Stikerni yuklab olib, printer orqali çop etiş mumkin.
“Agarda davlat soliq xizmati organlari tomonidan ruxsat beruvçi stikerni oliş uçun soliqlarni oldindan tölaş talab qilinganligi haqida aniq faktlar yoki korxonalar töğrisida ma'lumotga ega bölsangiz, (71) 244-98-27, (71) 244-98-34 raqamlari orqali DSQ matbuot xizmatiga murojaat qilişingizni söraymiz. Bunday faktlar tasdiqlangan taqdirda DSQ rahbariyati tomonidan davlat soliq xizmati organlari xodimlariga nisbatan darhol qat'iy çoralar köriladi”, - deyiladi ma'lumotda.
Şuningdek, DSQ matbuot xizmatining eslatişiça, örta va kiçik biznes toifasiga kiruvçi korxonalarning transport vositalariga ruxsat beriş uçun mahalliy hokimiyat organlari javobgardir.
DSQ Respublika maxsus komissiyasi topşiriğiga köra, Yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo davlat soliq inspeksiyasi röyxatiga kiradigan yirik soliq tölovçilarga ruxsat beruvçi stikerlar berişni boşladi. Bugungi kunda ularning soni 779 tani taşkil etmoqda.
Soliq tölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida yirik soliq tölovçilarning avtomobillariga ruxsat beruvçi stikerlar my.soliq.uz portalidagi şaxsiy kabinet orqali amalga oşiriladi. Buning uçun elektron ariza yuboriş talab etiladi.


















