Joriy yilning 27 aprel kuni soat 09:30larda, Surxondaryo viloyati, Şörçi tumanining “Kakand” mahallasi hududidan ötuvçi mahalliy 4K-592 yölining 9-km.da yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1999 y.t. M.T. “Neksiya” rusumli transport vositasida oldinda harakatlanib ketayotgan transport vositasini quvib ötiş maqsadida yölning qarama-qarşi bölagiga çiqqan vaqtida qarşisidan harakatlanib kelayotgan haydovçi, 1988 y.t. X.Ş. boşqaruvidagi “Kamaz-652043” rusumli yuk transport vositasi bilan töqnaşib, YTH sodir etgan.
Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasi yölovçisi, 1993 y.t. F.K. oğir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Haydovçi M.T. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.
“Hurmatli yöl harakati iştirokçilari, karantin vaqtida zaruratsiz köçaga çiqmasligingizni, zarurat bilan çiqqan vaqtingizda ham “Yöl harakati qoidalari”ga amal qilişingizni sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.













