Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 
        
Prezidentga qarşi ayblovlarni 24 aprelda iste'foga çiqqan sobiq adliya vaziri Serjiu Moru ilgari surdi. U bu ayblovlarga prezident bilan özaro ziddiyatlar hamda federal politsiya rahbari Maurisiu Leyçe Valeyşuning öz lavozimidan böşatilişi sabab bölganini aytgan. Moruning fikriça, Valeyşuning böşatilişi politsiya prezident öğillariga qarşi olib borayotgan aksilkorrupsiyaviy tergov bilan boğlangan. Moru, şuningdek, Bolsonaruni hujjatlarni soxtalaştirişda ayblab, prezidentning politsiya boşliğining öz lavozimidan olinişi haqidagi farmonidagi elektron imzosi qalbaki ekanini aytgan.

“Prezident öz qilmişlari uçun jinoiy javobgarlikdan ozod etila olmaydi, çunki heç bir inson, jumladan mamlakat rahbari, konstitutsiya va respublika qonunlaridan ustun böla olmaydi”, deyilgan oliy sud bayonotida. Sudya Moruning ayblovlari böyiça 60 kun içida tergov ötkazişni buyurgan. Tergov natijalariga köra prokuratura prezidentga rasman ayblov qöyiş-qöymaslik haqida qaror qabul qiladi. Prezidentga ayblovlarning qöyilişi iş oliy sudga oşirilişi uçun kongressning quyi palatasi tomonidan ham ma'qullanişi lozim. Bu holatda Bolsonaru 180 kunga öz lavozimini bajarişdan vaqtinçalik çetlatiladi. Agar uning aybi isbotlansa, u impiçment tartiboti orqali öz lavozimidan mahrum etilişi mumkin.

Ammo ta'kidlanişiça, deputatlar palatasi prezident tarafdorlari tomonidan nazorat qilinişi sababli buning ehtimoli kam. Şu bilan birga, sobiq adliya vazirining ayblovlari tasdiqlanmasa, uning özi prezident nomiga yolğon ayblovlar uçun javobgarlikka tortilişi mumkin. Bolsonaruning özi esa öz nomiga bildirilayotgan ayblovlarni asossiz deb hisoblamoqda va öz oila a'zolarini himoya qiliş uçun heç qaçon politsiyaga bosim ötkazişga urinmaganini aytmoqda.

Moru Braziliya vazirlar mahkamasini ikki hafta içida tark etgan ikkinçi vazir böldi. Avvalroq öz iste'fosi haqida soğliqni saqlaş vaziri Luic Enrike Mandetta e'lon qilgan. Uning iste'foga ketişi u va prezident örtasida koronavirus tarqalişi bilan boğliq çoralar böyiça ziddiyat yuzaga kelgani bilan boğlangan.