29 aprel kuni Google kompaniyasi video orqali guruh qönğiroqlarini amalga oşirişga möljallangan Google Meet'ni bepul xizmat sifatida taqdim etdi. Avval bu servis faqat kompaniyalar va ta'lim muassasalari uçun xizmat körsatardi. Ammo koronavirus pandemiyasi şaroitida hammaga undan bepul foydalanişga ruxsat berildi.

Google Meet bunday xizmatlar bozoridan Zoom servisini siqib çiqarişni maqsad qilgan va buni uddalaşi mumkin. Çunki Google servisi konferensiyaga yot bölgan mehmonlarning kirib kelişidan ança yaxşi himoyalangani aytilmoqda.

Zoom xizmatiga qöşiliş havolasini olgan şaxs konferensiyaga xufyona kiriş imkoniyatiga ega, Meet konferensiyasida iştirok etiş uçun esa Google orqali öz akkauntiga kirişi va konferensiya yaratuvçisi buni tasdiqlaşi kerak böladi.

Google kompaniyasida şunga öxşaş Hangouts videoqönğiroqlar servisi ham bor. Kompaniya uni mukammallaştirib, Meet xizmatini yaratişga muvaffaq böldi. Kelajakda bu ikki ilova bir-biriga qöşib yuborilişi kutilmoqda.

Bundan taşqari, Meet xizmatini Google poçta servisiga integratsiya qiliş ham rejalaştirilyapti. Bu esa poçtaning özidan videoqönğiroqlarni amalga oşiriş imkoniyatini beradi.

OAVda Meet xizmatining asosiy ustunligi sifatida juda ham xavfsiz ekani haqida aytilmoqda. Tahlilçilarga köra, Zoom bu borada unga ança yutqazadi.