Koronavirus pandemiyasi şaroitida Zoom butun jahon afkor ommasining e'tiboriga tuşdi — avval bu servis vositasida onlayn öqişga ötgan maktab öquvçilari va talabalar, söngra hamma-hammaning.
Platforma yaqinlar bilan tezda va arzon muloqot qiliş, onlayn darslar ötiş, virtual keçalar, hattoki töylar ötkaziş imkonini beradi.
Biroq, uning maşhurligi ortidan jiddiy muammolarga ham ega ekani oydinlaşdi. Korporativ mijozlar uçun mahsulot tayyorlagan xitoyliklarning bu startapi foydalanuvçilarning juda katta qismiga tayyor emasligi oydinlaşdi. Yovuz niyatli kimsalar konferensiyani uyatsiz videolar bilan bölib qöyişmoqda, Facebook va Darknetga yuz minglab foydalanuvçilarning şaxsiy ma'lumotlari sizib çiqmoqda, qönğiroqlarning yozuvi esa oçiq foydalanişga çiqarib yuborilmoqda.
Mutaxassislar borgan sari platformaning yangidan-yangi ojiz tomonlarini topişmoqda.
Zoom OAV va kiberxavfsizlik mutaxassislarning tanqidiga, AQŞ FQBdan sörovlarga, foydalanuvçilar va aksiyadorlarning sudga da'vo arizalariga botib qoldi. Endi ilovaning qulayligi va foydalanuvçilarning şaxsiy ma'lumotlarni saqlaş örtasida muvozanatni topiş ustida iş olib borayotgan kompaniya öz muvaffaqiyatining qurboniga aylanişi mumkin.
Yarim millionga sotilayotgan ma'lumotlar
Vice özining bir neça manbalariga tayanib yozişiça, hakerlar Zoom’da foydalanuvçilar ortidan josuslik qiliş mumkin ikkita jiddiy ojiz nuqta topişgan. Hali himoya mexanizmi öylab topilmagan ojiz nuqtalar Windows’da? ham MacOS’da ham bor ekan.
Vice hamsuhbatlarining aytişiça, Windows’dagi nuqsonning narxi – 500 ming dollar. Boşqa manba ikki barobar pastroq narx aytgan.
Windows’dagi zaif nuqta «sanoat şpionaji uçun ideal quroldir», degan Vice’ning kiberxavfsizlik sohasidan xabardor hamsuhbati. Undan foydalanib, haker kodni kiritişi va ilovaga ruxsat olişi mumkin — RCE-zaiflik (remote code execution — kodni masofadan turib bajariş) bilan boğliq. MacOS uçun eksployt boşqaça va RCE bilan boğliqmas.
Zoom kompaniyasidagilar Vice’ga bu ma'lumot tasdiqlanmaganini aytişgan.
Mavzuga oid
«Zoom foydalanuvçilar xavfsizligiga jiddiy e'tibor qaratadi. Biz bu miş-mişlardan xabar topganimizda xavfsizlik böyiça nufuzli kompaniya bilan sutkalab birga işladik. Bugunga kelib, bu ta'kidlarni tasdiqlovçi birorta isbot topa olmadik», — deyiladi kompaniya bayonotida.
Zoom – pandemiyagaça bölgan davrda
Zoom’ni AQŞ fuqaroligiga ega xitoylik milliarder Erik Yuan 2011 yilda işlab çiqqan. Bu vaqtda u Xitoyda talaba edi. Wikipedia ma'lumotiga köra, student Erik yoqtirgan qizi bilan körişiş uçun 10 soatlab poyezdda yurişiga töğri kelgan va şu boisdan uning «uçratiş»ning osonroq yöllarini izlaşga tuşişi ortidan Zoom paydo bölgan.
Avvaliga Zoom Video Communications korporativ mijozlar bilan şartnoma imzolab, iş beruvçilarga masofadan turib suhbat uyuştiriş, xodimlarga esa özaro muloqot qiliş imkonini bergan. 2014 yilda foydalanuvçilar soni 10 milliongaça ösgan, servisga 20 ming taşkilot obuna bölgan.
2019 yilning aprelida Zoom ilk marta aksiyalarini oçiq savdoga çiqargan, şunda kompaniya 16 milliard dollarga baholangandi.
Zoom’ning 2017 yildagi interfeysi
Zoom`da xavfsizlik böyiça muammolar u hali jahon miqyosida maşhur bölib ulgurmasidan avval ham bor edi. 2019 yilning iyulida tadqiqotçi Jonatan Leytşux istalgan sayt macOS’ning faollaştirilgan veb kamerasiga ega foydalanuvçisini Zoom qönğiroğiga qöşa oliş imkoniyatiga egaligini aniqlagan. Agar mijoz ilovani macOS’dan öçirmoqçi bölsa, u yaşirin veb-serverdan foydalanib, fon rejimida qayta örnatilgan. Vaziyatni önglaş va foydalanuvçilarni himoyalaş uçun işga Apple aralaşgan va Zoom xatoni töğirlagan.
2019 yilning oxirida kiberxavfsizlik böyiça ekspertlar konferensiya kodlari (Meeting ID) şifrlaş bilan himoyalanmaganini topişdi. Cequence Security startapi tadqiqotçilari kodlarni terib, qönğiroqlarga tösiqsiz ulana oluvçi botni yaratişdi. API servislar orqali ular jarayonni avtomatlaştirişgan. Zoom’dagilar ojiz nuqtadan foydalaniş holatlari bölganidan «bexabar» ekanliklarini aytib, servisning botlar hujumidan himoya qilişni yaxşilaşga va'da berişgan.
Pandemiya çoğida barça uçun videoçat
2020 yil marta oyi boşlarida JSST jahonda COVID-19 pandemiyasi hukm surayotganini e'lon qildi. Bir qator davlatlarda karantin e'lon qilindi, boşqalarida öz-özini yakkalaş hamda ijtimoiy masofalaniş rejimiga amal qilişni tavsiya etişdi. Koronavirus fonida öqiş, iş va ijtimoiy aloqalar majburiy ravişda onlaynga köçdi. Köpçilikning tanlovi Zoom böldi.
Bir oy içida Zoom.us trafigi 535 foizga ösdi, iOS uçun ilovasi esa App Store’da eng köp yuklanayotgan ilovaga aylandi. Pendemiya boşidan beri kompaniya aksiyalari ikki barobar qimmatladi.
2020 yil martida Zoom’ning kunlik auditoriyasi 200 million kişi bölgan. Bu – 2019 yil dekabridan 20 barobar köp degani.
Trafikning bunday oşişiga sabab – Yuan servisdan foydalanişni maktablar va universitetlar uçun tekin qilib qöydi, öquvçilar uçun qönğiroq limiti ham bekor qilindi. Minglab ta'lim muassasalari Zoom’da onlayn darslar öta boşlaşdi.
Öquvçilar esa servisdan nafaqat darsda, tanaffus, uçraşuv va keçalarda ham foydalanişardi. Talabalar endi hamma «Zoom universiteti»ga borayotgani, öquv dargohi bitta bölsa ham, öqiş uçun uçun tölanadigan pul turliça ekanini aytib, hazillaşa boşlaşdi. Talabalar servisni memga aylantirişdi va «Z avlod» deyilganda Z harfi nimani bildirişini hamma tuşunib oldi, deyişmoqda.
Kollej-universitetlar va koronavirus inqirozi
Nega Skype, Google Hangouts, FaceTime yoki Microsoft Teams emas – aynan Zoom?
The Verge’ning tuşuntirişiça, bunga sabab – servisdan foydalaniş oddiyligi, köp funksiyalarga ega tekin rejaga ega ekani.
Bazaviy versiyasida 40 daqiqalik videokonserensiyalar bor, unga 50 tagaça kişi qöşilişi mumkin. Faqat konferensiya xonasini yaratgan odam röyxatdan ötişi kerak, qolganlar hosil qilingan havola böyiça konferensiyaning tasodifiy generatsiya qilingan 9-11 xonalik raqamdan iborat kodini kiritib ötişadi.
Uçraşuvlarni rejalaştiriş, qatnaşuvçilarni oldindan ogohlantiriş mumkin.
Zoom interfeysi raqobatçilarinikiga qaraganda ança intuitiv. Skype’da uzun va murakkab parol kiritiladigan şunday funksiya bor, lekin undan köpçilik bexabar. FaceTime uçun AppleID kerak. Google Hangouts’da barça iştirokçilar röyxatdan ötişi kerak. Zoom’da esa hattoki profilni sozlaş, fotosurat yuklaş yoki foydalanuvçilarni qölda kiritib, axtariş ham şart emas.
Microsoft acquired Skype for $8.5 billion back in 2011, the same year Zoom was founded. If the coronavirus pandemic happened in 2011, everyone would have used Skype for video calls. Now everyone is using Zoom instead, because Microsoft spent nearly 10 years mismanaging Skype
The Verge muharriri Tom Uorren tvitterida şunday deb yozadi: Microsoft 2011 yilda – Zoom’ga asos solingan paytda Skype’ni 8,5 million dollarga sotib olgan. Agar koronavirus pandemiyasi 2011 yili röy berganida videoaloqa uçun barça Skype’dan foydalangan bölar edi. Endi barça Zoom’dan foydalanmoqda, çunki Microsoft Skype’dan yolçitib foydalanmaslikka qariyb ön yilini sarflab bölgan.
Korporativ segmentda hamma allaqaçon Zoom’dan foydalanib kelayotgan edi, Skype kabi «eski texologiyalar»ni rad etuvçi talaba va öquvçilarga servis juda «obröli brend» bölib körinmoqda. Ularning ortidan platforma yaqinlari bilan oson va tekin aloqa qilib turişni istayotgan boşqa foydalanuvçilarni ham jalb qildi.
«Barçamiz Zoom`da yaşayapmiz», — deb yozdi The New York Times.
Birinçi jiddiy muammo — zumbombing
Zoom’dan foydalanişning soddaligi zumbombing (zoombombing)ni keltirib çiqarmoqda. Qatnaşuvçilar özlari bexabar holda begona konferensiyalarga qöşilib qolişi şunday atalmoqda. Çunki qoida tariqasida barça konferensiyalar yaşirin emas. Translatsiyani tuzgan foydalanuvçi ruxsatisiz qatnaşuvçilardan kimdir begonaga kodni uzatib yuborişi va u ham ulanib olişi mumkin. Konferensiyani maxfiy qiliş uçun yo parol örnatiş kerak, yoki kutiş xonasini yaratib, kirayotgan mehmonlarni qölda tasdiqlab yoki inkor etib turiş kerak.
OAVdagi tanqidlar, xavfsizlik masalasiga hukumat ham befarq qaramayotgani va sudga da'vo arizalari alal-oqibat kompaniyani global çoralar körişga majbur qildi.
Kompaniya maxfiylik siyosatini qat'iylaştirdi. 5 apreldan boşlab Zoom’da har qanday konferensiyaga qöşiliş uçun nafaqat konferensiya kodi, şuningdek, unga parolni ham söraydi. Çat tuzgan kişi kutiş xonasida paydo bölgan yangi qatnaşuvçilarni yo ma'qullaydi, yo rad etadi. Kompaniya konferensiyaning boş ekranidan kodni ham yaşirdi — endi qönğiroqdan skrinşot qilinsa, u körinmaydi.
Zoom’ning kelajagi
OAV özi auditoriyasiga Zoom’dan foydalanişni bas qilişni tavsiya etib, muqobillar, masalan, FaceTime, Signal, Microsoft Teams, Skype, Jitsi yoki Houseparty’ni taklif etmoqda.
Videoqönğiroqlar servislari ham foydalanuvçilarga peşvoz çiqmoqda — qönğiroq iştirokçilari sonini oşirmoqda, konferensiyaga qayddan ötmasdan qöşiliş imkonini yaratişmoqda.
Lekin xavfsizlik bilan boğliq muammolarga qaramasdan, foydalanuvçilar Zoom’ga sodiq qolişyapti. Soddagina interfeys avval boşdan platformaga juda köpçilikni jalb qilgan va hamon uşlab turibdi. Endi hammasi kompaniya rahbariyatiga boğliq, ular qulaylik va xavfsizlik örtasida muvozanatni saqlaş borasida murakkab qarorlar çiqarişi kerak.
Zoom allaqaçon konferensiyaga qöşilişni murakkablaştirişdi, zumbombingga duçor bölmaslik uçun nimalar qiliş kerakligi haqida uzun yöriqnomalar çiqarişdi va köplab nuqsonlarni töğirlaşdi. Endi gap foydalanuvçilarda: ular tekin servisdan foydalanaman, deya özlarning şaxsiy ma'lumotlarini qurbon qilişga tayyormi?