Kun.uz sayti koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumşatişda kömaklaşiş maqsadida muborak Ramazon oyida mamlakat böylab muhtoj oilalarni moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlamoqda.

Tahririyat jamoasi tomonidan ehtiyojmand, ayniqsa karantin davrida daromadsiz qolgan hamyurtlarimizning 200dan oşiq kişilik röyxati şakllantirilib, 29-30 aprel kunlari ularning har biriga 1 million 200 ming sömdan moddiy kömak körsatildi.

Kun.uz öz moliyaviy imkoniyatidan kelib çiqqan holda, uşbu kömak dasturini yaqin 3 oy davomida Alloh qodir qilganiça har oy davom ettirişni niyat qilgan.

Şunday sinovli va ehsonga haqdorlar köpaygan kunlarda bir-birimizga yaxşi namuna bölib, atrofdagi muhtojlarga befarq bölmaylik.

Alloh Ramazon oyida barçamizning ixlos bilan qilgan amallarimizni qabul qilsin, ajr-savobini köpaytirib bersin. Imkoni yetgan tadbirkorlarimizni xayrli işlarda faol va örnak bölişga çaqirib qolamiz.

Tadbirkorlar va boşqa barça saxovatli aka-ukalardan xayrli işlarda faol bölişni sörab qolamiz. Şu örinda Qur'oni karimdan Allohning ba'zi oyatlarini keltirişni joiz deb bildik:

«Sadaqani oşkora qilsangiz qandoq ham yaxşi. Agar maxfiy qilsangiz va faqirlarga bersangiz, bu siz uçun yaxşidir. Sizdan gunohlaringizni yuvadi. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir». (Baqara surasi, 271-oyat)

«Allohga yaxşi qarz beradigan kim bor?! Bas, toki U zot unga berganini köp marta qilib köpaytirib bersa. Va holbuki, Alloh (rizqni) tor qilur va keng qilur. Va Ungagina qaytarilursiz». (Baqara surasi, 245-oyat)

Izoh:

Alloh yölida sadaqa qilgan odamlarning sadaqalarini Alloh heç qaçon zoye ketkazmaydi va sadaqa qilingan mol-u dunyoni Alloh şu dunyodayoq köp qilib qaytarib beradi va oxiratdagi savobi undanda ziyoda böladi. Zero har bir insonning rizqini köp yoki tor qilib qöyguvçi zot Allohdir. Bandalarga berilgan rizq omonat va sinov uçundir.