Qonunçilikka muvofiq, 2030 yil 31 avgustga qadar «Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi» AJ huzuridagi Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qiliş jamğarmasi hisobidan baliqçilik sohasidagi tadbirkorlar qöşimça moliyaviy qöllab-quvvatlanadi.
Unga köra, milliy valyutada ajratiladigan qarz mablağlari böyiça Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz band yuqori, ammo 10 foiz bandgaça bölgan foiz xarajatlari qoplab beriladi. Xorijiy valyutada ajratiladigan mablağlar böyiça esa 8 foizdan yuqori, 4 foiz bandgaça bölgan qismi kompensatsiya qilinadi.
Şuningdek, milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan mablağlarning 50 foizigaça, biroq 10 milliard söm ekvivalentidan oşmagan qismi uçun davlat kafilligi taqdim etiladi.
Mazkur qöllab-quvvatlaş çoralari barqarorlik reytingidagi toifasidan qat’i nazar, baliqçilik sohasidagi tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etiladi.













