1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylaşgan «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv çiqişi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qörğontepa aholi yaşaş punktiga suv kirgan.
FVV xabariga köra, bunda suv asosan ekin maydonlariga zarar yetkazgani ma'lum böldi. Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi (FVB) va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini oliş va harakat qiliş davlat quyi tizimiga (FVDT) kiruvçi taşkilotlar bilan hamkorlikda Sardoba tumani «Qörğontepa» MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yaşaş punktlari Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilindi. «Qörğontepa», «Döstlik», «Yurtdoş» MFYdan jami 11598 nafar aholi şular jumlasidan.
Bundan taşqari, suv bosiş xavfi bölgan «Quytoş» MFY, «Ota yurt» MFY va «Birlik» MFYdan aholini evakuatsiya qiliş rejalaştirilmoqda.
Ayni vaqtda Oqoltin tumani «Abdualim» MFY aholisini Sardobaga evakuatsiya qiliş işlari boşlangan.

Voqea joyiga boş vazir Abdulla Aripov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Favqulodda vaziyatlar, Içki işlar boşqarmalari, Milliy gvardiya va boşqa tegişli taşkilotlar rahbarlari yetib borib, evakuatsiya tadbirlarini taşkillaştiriş, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça işlarni muvofiqlaştirib bormoqda.
Mazkur tadbirlarga Sirdaryo viloyati FVBdan 430 şaxsiy tarkib va 5 avtotexnika, Jizzax viloyati FVBdan 120 şaxsiy tarkib, 6ta avtotexnika, MVBRQMdan 60 şaxsiy tarkib, 6ta avtotexnika, Milliy Gvardiyadan 276 şaxsiy tarkib, 43 avtotexnika hamda hududiy FVDT xizmatlari jalb etildi.
Jabrlangan va halok bölganlar böyiça ma'lumot kelib tuşmagan.













