Namangan viloyatida 17 nafar bemor töliq soğaydi. Ular viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi mas'ullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, şifo topganlarning barçasi koronavirus infeksiyasiga çalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.  

Ulardan 8 nafari erkak, 9 nafari ayollar. Bemorlarning barçasi Namangan viloyatidan (7 nafari Namangan şahridan, 5 – Uyçi tumanidan, 4 – Namangan tumanidan, 1 nafari esa Yangiqörğon tumanidan). Ular orasida eng yoşi kattasi 53 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 6 yoşda.

Namangan viloyati böyiça şu paytga qadar 72 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 89 nafarga yetdi. 

Hozirda mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan soğaygan bemorlar 1229 nafarni taşkil etmoqda.