Unda belgilangan eng asosiy jihatlardan biri – bu karantin amal qilişi davrida da'vo muddati Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 156-moddasi birinçi qismining 1 va 2-bandlariga asosan töxtatilişini sudlarga tuşuntirişdir.
Bunda sudlar şunga e'tibor qaratişi lozimki, agar karantin da'vo muddatining oxirgi olti oyida joriy etilgan yoki amal qilişi davom etib turgan bölsa, da'vo muddatining ötişi töxtatiladi.
Da'vo muddatining töxtatilişiga asos bölgan karantin bekor qilingan kundan boşlab da'vo muddatining ötişi davom etadi, bunda muddatning qolgan qismi olti oygaça, agar da'vo muddati olti oydan kam bölsa, da'vo muddatiga qadar uzaytiriladi.
Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 333-moddasining uçinçi qismiga köra, başarti, qonunda yoki şartnomada boşqaça tartib nazarda tutilgan bölmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirişda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan şaxs faqat majburiyatni lozim darajada bajarişga yengib bölmaydigan kuç, ya'ni favqulodda va muayyan şaroitlarda oldini olib bölmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon bölmaganligini isbotlay olmagan holdagina, javobgar böladi.
Qarorda şu munosabat bilan sudlar majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uçun javobgarlik töğrisidagi masalani hal etişda (neustoyka undiriş, zararlarni qoplaş, şartnomani bekor qiliş va boşqalar) majburiyatlarni bajarmaslik sabablarini aniqlaşi, agar majburiyatni bajariş yoki lozim darajada bajariş karantin joriy etilişi tufayli mumkin bölmaganligi aniqlanganda, talabni qanoatlantirişni rad etişi lozimligi belgilandi.
Şuningdek, sudlar fuqarolik, jinoyat, ma'muriy, iqtisodiy işlar böyiça iş yuritişni karantin joriy etilişi munosabati bilan töxtatişga haqli emasligi va ularni öz vaqtida, karantin şartlarida belgilangan ehtiyot çoralariga rioya qilgan holda körib çiqişi, bunday çoralar körişning hamda protsess iştirokçilari iştirokini amalda ta'minlaşning imkoniyati bölmaganda, işni körişni ma'lum muddatga qoldiriş töğrisida ajrim çiqarişi lozimligi ta'kidlandi.
Qarorning yana bir e'tiborga molik jihati şuki, unda karantin joriy etilgunga qadar qonuniy kuçga kirmagan sud qarorlari, şuningdek, karantin davrida çiqarilgan va karantin joriy etilişi munosabati bilan apellyatsiya tartibida şikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) sud qarorlari karantin amal qilişi bekor qilingandan söng ijroga qaratilişi nazarda tutildi.













