Alloh taolo Yerda Odam bolalarini Öziga örinbosar qilişni iroda qilar ekan, ularning baxtiyor, farovon hayot keçirişlari uçun körsatmalarni ham berib qöydiki, ularga amal qilgan odam albatta bu dunyoda xotirjam va baxtli yaşaşi şubhasiz. Abadiy oxirat diyorida esa, jannatga ham erişadi.
Bu dunyo hayotida köpçiligimizni eng köp qiziqtiradigan va taşvişga soladigan narsa, şubhasiz, rizq masalasidir. Odamlarning aksari rizq deya, halol yoki harom yölning qay biri orqali bölsin, unga erişiş va uni köpaytiriş qayğusi bilan yaşaydigan bölib qolgan. Hatto, rizq talaşgan yaqinlar, aka-ukalar, qarindoş-uruğlar örtasida nizolar çiqib, yuz körmas bölib ketayotganlarini eşitmoqdamiz.
Alloh taolo Qur'oni karimda, har bir jonzot borki, rizqi Özining zimmasida ekanligini ta'kidlaydi. Şu bilan birga, biz rizq tuşunçasini ham yaxşi anglab yetmoğimiz darkor. Rizq bu faqatgina pul va molu dunyoni anglatmaydi, balki odamzodning boşiga keladigan barça yaxşi va yomon narsalarning hammasi rizqdir.
Misol uçun turmuş quriş, farzandli böliş, yaxşi soğliqqa va xotirjam hayotga ega böliş, yoki aksinça biror bir xastalikka çaliniş, bir qiyinçilik-musibatni boşdan keçiriş, bularning hammasi Alloh tomonidan berilgan rizqdir.
Hadislarda kelganidek, odamzod ona qornida 120 kunlik bölganida fariştalar uning bu dunyoda qanday rizqqa ega bölişini yozib qöyişar ekan. Şu bilan, ba'zi bir insonlar baxtli va xotirjam hayotga köp pulga, boylikka ega böliş orqali erişiş mumkin, deb öylaydilar. Lekin inson puli qançalik köpaygani sari, uning ğamlari ham köpayiş ehtimolini ham unutmaslik lozim.
Rizqning köp bölişi uning barakali ekanligini, yoki aksinça, baraka rizqning möl-kölligida emas. Rizqning barakali yoki barakasiz bölişi bir xil miqdordagi rizqdan olinadigan manfaatning davomiy va köp bölişi yoxud bölmasligi bilan belgilanadi.
Alloh taolo Ra'd surasi 26-oyatida:
«Alloh xohlagan kişisining rizqini keng qilur va (xohlaganinikini) tor qilur. Ular bu dunyo hayoti ila şod böldilar. Holbuki, bu dunyo hayoti oxirat oldida arzimas matoh, xolos», - deya, istagan bandasining rizqini keng qilişini, xohlagan bandasining rizqini tor qilişi bildirar ekan, insonlarga rizqni köp va barakali böliş yöllarini Qur'oni Karim va hadislar orqali ta'lim beradi.
Rizqning barakali bölişiga erişiş mumkinmi?
- Allohga taqvo qiliş, ya'ni Uning buyurgan amallarini bajariş va qaytargan narsalardan yiroq böliş.











