- Alloh taolo Qur’oni Karimda «Yer yuzida örmalagan jon borki, ularning rizqi Allohning zimmasidadir», (Xud surasi, 6 oyat) deya marhamat qiladi. Inson heç narsa qilmasa ham rizqi kelaveradimi yoki rizq harakatga boğliqmi? Bu oyatlarni qanday qilib töğri tuşunişimiz mumkin?
- Inson heç qanday iş qilmasa ham Alloh uning rizqini yetkazişi mumkinmi, mumkin. Bunga dalil sifatida (Oli-Imron surasida) Maryam onamiz kiçkinaliklarida oldilariga har doim Zakariyo alayhissalom kirganlarida, u yerda öşa mavsumda ösmaydigan taomlar bölgan. Alloh taolo Maryam onamiz heç narsa qilmay ötirsa ham rizqini oldiga yetkazib qöygan. Alloh taolo biz heç narsa qilmay ötirsak ham rizqimizni berişga qodir. Lekin biz musulmonlarga çiqib mehnat qiliş va hamma sabablarini uşlaş buyurilgan.
Boşqa suralarda (Maryam surasida) Maryam onamizning qissalari davom etgan. Maryam onamiz homilador bölib, şaharning çetiga çiqib ketadi. Daraxtning tagida ötirib, közlari yoriydi va Iso alayhissalom dunyoga keladi. Öşanda Maryam onamizning ahvollari qiyin bölsa-da, yurib daraxtni silkitişni buyurgan. Keyin, onamiz daraxtni silkitgan va xurmo daraxtining mevasi tuşgaç, şuni tanovul qilgan. Alloh taolo Maryam onamizga yoşligidagi kabi heç qanday harakatsiz ham taom berib qöyişi mumkin edi. Lekin hozir katta odam bölgaç, heç bölmaganda qölidan kelgan iş - daraxtni silkitişni, rizq talabi yölida harakat qilişni söradi.
Xulosa qilib, aytiş mumkin, Alloh taolo bizga hamma narsani berişga qodir. Lekin biz sabablarini uşlaşga buyurilganmiz.
Töliq suhbat bilan yuqoridagi videoda tanişiş mumkin. Suhbat davomida, şuningdek, musulmon kişining pulga munosabati, biznesni boşlaşda niyat, baraka omillari, qarz oliş, ehson qilişga doir masalalar hamda barakali oyliklarga doir mulohazalar berilgan.
Farrux Absattarov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi Muhiddin Nido.
Videolavha va maqoladagi diniy matnlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaning tegişli ekspertiza xulosalari asosida tayyorlangan.











