U AQŞ prezidenti Donald Trampning Vaşington koronavirus pandemiyasi sababli Xitoyni jazolaş variantlarini körib çiqayotgani haqidagi sözlariga şunday izoh bergan.
Xitoylik diplomatning ta'kidlaşiça, koronavirus butun insoniyatning umumiy duşmanidir va Xitoy koronavirus “şerigi” bölmay, balki u ham jabrlangan tomon hisoblanadi. Uning aytişiça, soğliqni saqlaş sohasidagi jahon inqirozi oldida xalqaro hamjamiyat birlaşişi va muammoni birgalikda yengib ötişi lozim.
Avvalroq CNN telekanali AQŞ prezidenti ma'muriyati Xitoyni koronavirus haqida haqiqatni yaşirgani uçun iqtisodiy usullar bilan jazolaş rejasini tuzayotganini ma'lum qilgandi.
Koronavirus pandemiyasi Xitoy va AQŞning şundoq ham murakkab munosabatlariga yanada salbiy ta'sir körsatdi. Tramp Xitoydan Uhanda birinçi marta qayd qilingan koronavirus iqtisodiyotga yetkazgan zarar uçun kompensatsiya talab qilmoqçiligini bildirgan. Pekin bu ayblovlarga javoban AQŞni “oçiqça yolğonçilik”da ayblagan. Xitoy taşqi işlar vazirligining ta'kidlaşiça, amerikalik siyosatçilarda faqat bir maqsad bor bölib, ular epidemiyani töxtatişda yöl qöygan öz xatolari uçun javobgarlikni özlaridan soqit qilmoqçilar va omma e'tiborini çalğitişga urinmoqdalar.














