Yuzaga kelgan talafotlarni bartaraf etiş maqsadida mamlakatimizning barça hududlaridan kömak karvonlari, haşarçilar va köngillilar kelişi davom etmoqda.
Xususan, 2 may kuni Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi işçi-xodimlar, professor-öqituvçilar, volontyorlar Sardoba fojiasida jabr körgan oilalarga kömak körsatiş maqsadida xayriya işlarini boşlab yuborişdi.

Ular tomonidan homiylar kömagida töplangan bir neça yuk avtomaşinalarida kundalik rözğor uçun zarur bölgan kartoşka, piyoz, karam, sabzi, un, göşt, yoğ, makaron, turli konserva va şirinliklar, şakar, tuxum, guruç, sut mahsulotlari va boşqa oziq-ovqatlar bilan birga issiq kiyim-keçaklar, rözğor buyumlari, gigiyenik vositalar, badiiy kitoblar, öquv qurollari va boşqa turdagi mahsulotlardan iborat “Saxovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga yetkazildi.

Uşbu savobli işlarning eng faol iştirokçilari qatorida Özbekistonda faoliyat körsatayotgan xorijiy universitetlar filiallarining xodimlarini, jumladan, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning (Rossiya Federatsiyasi) Olmaliq şahridagi filiali professor-öqituvçilarini ham kuzatişimiz mumkin.
MISiS mutaxassislari Respublika işçi guruhi faoliyatiga jalb etilib, joylarda vaqtinçalik köçirilgan aholi muammolarini hal etişda samarali iştirok etmoqda. Xususan, oziq-ovqat, kiyim-keçak hamda turar joy ta'minoti kabi masalalar tezkorlik bilan özim yeçimini topmoqda.

Şu bilan bir qatorda aholi orasida tuşkunlik kayfiyatining oldini oliş maqsadida, MISiS vakillari yuqori malakali mutaxassislar iştirokida joylarda keng tuşuntiriş işlarini olib bormoqda, maxsus guruhlarda ijtimoiy psixologik treninglar taşkil qilmoqda. Yoş bolalarning ruhiy tiklanişlari uçun esa maxsus psixologik maşğulotlar ötkazilmoqda. Şu kunga qadar jami mingga yaqin oilalar bilan tarğibot işlari olib borildi.
Yurtdoşlarimizning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş hamda ularni ruhiy qöllab-quvvatlaş maqsadida MISiS vakillari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda stol tennisi, şaxmat-şaşka sport turlari böyiça bir qator musobaqalar ham taşkil etyapti.













