Islom poklik uzra barpo qilingandir

Islom tölaligiça poklik dini deyiladi. Bu mavzuni oçib beriş, yanada tuşunarli va ta'sirliroq bölişi uçun bir voqeani köz oldimizga keltirişimizni istar edim. Mana, inson bu foniy dunyoda umrini yaşab bölganidan keyin, oxiratga safar qiliş çoğida mayitni yuviş marosimi bor. Yuvib, poklab, xuşböylantirib, oppoq matoga örab, yelkamizga kötarib, yer bağriga qöyamiz. Bir neça kun içida şişib, yorilib, çirib tuproqqa aylanib ketadigan insonga bölgan munosabat. Mana, birgina vafot etgan insonga dinimizning munosabati.

Ana endi, inson tuğilganidan boşlab, to vafot etgungaça bölgan davri tamomiy poklikdan iboratdir. Mana, bolaning tuğilişidan boşlab, uni yuvintiriş, çömiltiriş, soçini olişi-yu, yemoq-içmoği, yaşaş şaroitining hammasi poklikdir. Şuning uçun payğambarimiz Muhammad alayxissalom: «Islom poklik uzra barpo qilingandur», deb marhamat qildilar.

Alloh pok insonlarni yaxşi köradi

Alloh taolo ham Qur'oni Karimning Tavba surasi 108-oyat şunday marhamat qiladi:

«Unda poklanişni yaxşi köradigan erlar bor. Alloh poklanuvçilarni yaxşi köradi».

Demak, tozalikni, poklikni yaxşi körgan insonni Alloh taolo ham yaxşi köradi. Dinimizning şiori – şu. Demak, poklik – dinning şiori. Qur'onda körsatilgan körsatma ham poklikka, Payğambar alayhissalom hadisi şariflarining ham juda katta qismi inson har jihatdan pokiza bölişi zarurligiga dalolat qiladi.

Toşkent viloyati boş imom xatibi
Xayrulla Turmatov

Alloh bandasining qalbi va amaliga qaraydi

Mana endi biz poklik masalalarini bayon qilişda nimaga murojaat qilamiz? Albatta, dinimiz hukmlariga, Qur'oni Karimga, hadislarga, sahobai kiromlarning qavllariga, odatlariga.

Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam bir muborak hadisi şariflarida aytadilarki: «Alloh taolo sizning sur'atingizga, mol-u dunyongizga qaramaydi. Alloh sizning qalbingizga va qiladigan amallaringizga qaraydi».