Joriy yilning 5 may kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT)ning Özbekistondagi loyihalari koordinatori Oliy Majlisning inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) faoliyatini qöllab-quvvatlaş maqsadida tibbiy niqob, qölqop, maxsus himoya kiyimlari va antiseptik vositalardan iborat şaxsiy himoya vositalarini taqdim etdi.
Ombudsman matbuot xizmati xabariga köra, mazkur beğaraz yordam YeXHTning Özbekistondagi loyihalari koordinatori va Oliy Majlisning inson huquqlari böyiça vakili örtasida imzolangan “Milliy preventiv mexanizmni joriy etişga kömaklaşiş” loyihasi doirasida amalga oşirildi.
Tergov hibsxonalaridagi va jazoni ötaş muassasalaridagi şaxslarning huquqlarini himoya qiliş Oliy Majlisning inson huquqlari böyiça vakili tomonidan Milliy preventiv mexanizm doirasida amalga oşiriladi.
Şaxsiy himoya vositalari jazoni ijro etiş muassasalarida Milliy preventiv mexanizm doirasida jamoat taşkilotlarini jalb qilgan holda monitoring ötkazişda foydalaniladi.
Oliy Majlisning inson huquqlari böyiça vakili YeXHTning Özbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregorga taqdim etilgan yordam uçun minnatdorçilik bildirgan.

















