Özbekiston prezidenti maslahatçisi Tursinxon Xudaybergenov boşçiligidagi Prezident Administratsiyasi mas'ul xodimlari hamda respublikamizning barça hududlaridan Xalq qabulxonalari vakillari Sirdaryo viloyati Sardoba suv omborida sodir bölgan halokatda talofat körgan qişloqlarga zudlik bilan yetib bordi.
Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlarida suv toşqinidan zarar körgan 24ta mahallada vaziyatni örganiş va aniqlangan muammolarni bartaraf etiş maqsadida Sardoba şaharçasida Prezident Administratsiyasi vakillari rahbarligida tezkor ştab taşkil etildi.

Uşbu ştab qoşida yönalişlar böyiça 12 ta işçi guruhi tuzilib, uning tarkibiga Prezident Xalq qabulxonalari, Favqulodda vaziyatlar, Içki işlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xizmatlari markazlari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi, Yermulkkadastr xodimlari kiritildi.
Tezkor ştab tomonidan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etiş böyiça zurur çora-tadbirlar belgilandi va uning ijrosini ta'minlaş işlari jadallik bilan boşlab yuborildi.

Jumladan, Xalq qabulxonalari xodimlari ofatdan zarar körgan har bir xonadonga borib, oilalarning turar-joylari va molk-mulklariga yetkazilgan zararlarni aniqmoqda. Uyma-uy yuriş orqali har bir oilaning turar-joylari, qöşimça binolari (oşxona, omborxona, molxona, hammom, tandirxona, garaj va boşqalar), maişiy buyumlari, transport vositalari, qoramollari, otlari, qöy-eçkilari, parrandalari, boğlari, isiqxonalariga yetkazilgan zararlar hamda yöqolgan hujjatlari aniqlanmoqda.
Prezident Administratsiyasi xodimlari ofatdan zarar körganlarning har qanday muammosini hal etiş, jabrlangan fuqarolarning murojaatlarini tezkorlik bilan körib çiqilişi hamda ularda kötarilgan masalalarning joyida hal etilişini ta'minlamoqda.

Xususan, 7 may holatiga işçi guruhlar tomonidan Sardoba tumanining “Qörğontepa”, Oqoltin tumanining “Ahillik” va “Saxovat” mahallalaridagi 1300dan ortiq xonadonlar örganilib, birinçi kunlardayoq mingga yaqin oila kundalik rözğor uçun zarur bölgan idiş-tovoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, gigiyenik vositalar hamda issiq kiyim-keçaklar bilan ta'minlandi.












