Perfilevaning ta'kidlaşiça, u öz lavozimini vaqtinçalik egallagan va ayni vaqtda JSST uning örniga odam qidirmoqda. “Men JSSTda ançadan beri pensiyadaman, şu sababli şartnomam nihoyalamoqda”, deb aytgan JSST vakili. U jurnalistlardan JSSTning respublikadagi işiga xalaqit qilmaslikni iltimos qilgan. “Hozir eng asosiysi – siz zudlik bilan bilişingiz kerak bölgan masalalar emas, balki missiyaning işidir”, deb ta'kidlab ötgan Perfileva.
U uzoq vaq Tojikiston soğliqni saqlaş vazirligining respublikada koronavirus yöqligi haqidagi rasmiy pozitsiyasini qöllab-quvvatlab kelgan. U bu uçun qattiq tanqidlarga ham uçragan. Biroq JSSTning missiyasi Tojikistonga koronavirus bilan boğliq vaziyatni örganiş uçun kelişi ma'lum bölgandan keyin Perfileva tojikistonliklarning sanitar-epidemiologik osoyiştaligi haqida ta'kidlamay qöygan.
“JSSTning vazifasi virusni topiş emas, balki şifokor hamkasblarimizga unga qarşi kuraşda yordam berişdan iborat. Biz missiya kelib yordam beradi, deb umid qilamiz. Mintaqadagi davlatlar koronavirusga tayyor bölmaganlari, qurilmalar, jihozlar yöqligi ayon narsa edi. Biz donor va hamkorlar yordamiga umid qilamiz”, deb aytgan mutaxassis JSST missiyasi kelişi oldidan.
Şu bilan birga Perfileva 21 apreldagi intervyularidan birida Tojikistonda koronavirus yöqligini qat'iyan aytib bölmasligini ma'lum qilgan. “Ma'lumki, koronavirusning alomatsiz şakllari ham bor. Tojikistonda boşqa köpçilik davlatlardagi kabi, virusni aniqlaş uçun butun aholini tekşirişga imkoniyat yöq”, deb aytgan Perfileva.
Tojikiston hukumati respublikada koronavirusga çalinişning ilk holatlari haqida 30 aprelda ma'lum qilgan. Aprel boşidan mamlakatda zotiljamdan kasallaniş holatlari soni ösişi qayd qilingan. Biroq hukumat Tojikistonga virus kirib kelganini rad etgan va bemorlar köpayganini noqulay ob-havo bilan tuşuntirgan.
5 may kuni koronavirus bilan boğliq vaziyat ortida Tojikiston soğliqni saqlaş vaziri Nasim Olimzod iste'foga çiqarildi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Tojikistonda koronavirusga çalinganlar soni 461 nafarga yetdi, undan vafot etganlar soni 12 nafarni taşkil qilmoqda.













