Kompaniyalar uşbu firibgarlik uçun jarimaga tortiladi. 

Kompaniyalar öz dizel avtomobillari atrofga çiqaradigan zararli çiqindilar haqidagi körsatkiçlarni pasaytiriş uçun maxsus dasturiy ta'minot qöllagan. Jumladan, Mercedes-Benz rekord qiymatda jarima – 63,4 mln dollar tölaydi.

Kompaniya 2012-2018 yillar davomida öz avtomobillari zararli çiqindilari haqida hisobotlarni soxtalaştirib kelgan. Gap 12 ta modeldagi 37 mingta maşina haqida ketmoqda.  

C 200 d, GLC 220 d 4MATIC, GLC 250 d 4MATIC va ML 250 BlueTEC 4MATIC modellari standart böyiça mumkin bölgandan 13 marta köproq zararli çiqindi çiqargan.

Porsche va Nissan mos ravişda 817,3 va 735,6 ming dollar jarima tölaydi. Bundan taşqari, Janubiy Koreya atrof-muhit vazirligi uşbu kompaniyalarga jinoiy ayblovlar ilgari surişi mumkin.