Gruziya tashqi ishlar vaziri David Zalkalianining ta'kidlashicha, shu sababli Gruziyaning Kiyevdagi elchisi Teymuraz Sharashenizde maslahatlashuv uchun ortga chaqirtirildi.

Ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlarning uzilishi haqida hozircha gap ketmayapti.

Zalkaliani Saakashvili Gruziyada bir nechta jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchi hisoblanishini va qidiruvga berilganini eslatib o‘tgan.

“Strategik hamkor tomonidan Gruziyada sudlangan va qidirilayotgan odamning lavozimga tayinlanishi Gruziyaning Ukrainadagi elchisining chaqirtirib olinishi haqida qaror qabul qilinishiga asos bo‘ldi”, deb aytgan Gruziya tashqi ishlar vaziri.

Avvalroq, 7 may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Saakashvilini 2014 yilda sobiq prezident Pyotr Poroshenko tomonidan tashkil etilgan islohotlar bo‘yicha ijroiya qo‘mita rahbari etib tayinladi.